San’atning xususiyatlari va tamoyillari
Ma’joziylik xususiyati.
Boshqacha qilib aytganda, narsa-hodisalar yoki so‘z-iboralarining ko‘chma
ma’nolarda, ko‘p ma’noli tarzda qo‘llanilishi san’atning san’atligini belgilab beradi. Majoziylik, keng
ma’noda olganda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, ramziylik, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish,
istiora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, daryo. U aslida biologik
hodisa sifatida bitta narsani anglatadi: manbaidan to quyilish joyigacha doimiy oqib turadigan katta suv.
san’atda esa u – inson umri, hayot beruvchi manba, insonning kengligi v.h. Badiiy asarda u pishqiradi,
o‘ynoqlaydi, yuguradi, hikoya so‘ylab beradi, ertak aytib beradi v.b. sifatlar bilan jonlanadi,
odamiylashtiriladi. Majoziylik hususiyati, xullas, san’atning yashash shartlaridan biri, u yo‘q joyda – san’at
ham yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |