112
Rigveda, Atxarvaveda, Samoveda, Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida
insonning qiyofasi haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin bu erda inson va uni
yashaydigan joyi bo‘lgan jamiyat haqidagi qarashlar mifologik xarakterga ega. Vedalarda yozilishicha, bir
butun yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson ikki yirik mohiyat: tana bilan
jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan
bog‘liq. Qadimgi Hind vedalarida aytilishicha, olam bir butun, tirik mavjudotlarning hammasi o‘sha
butunning ajralmas zarralaridir. Odam esa o‘sha tirik zotlarning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi
odamzot tanasining shakli, jonining bir shakli tanadan boshqa shakl tanaga sonsanoqsiz marta kuchib
o‘tishlari natijasida sodir bo‘lgan. Hind falsafasida axloqiy hatti-harakatlar o‘zgarishlar zanjiri, hayotning
«aylanishi”ga kiritilgan: ..qayta tirilish – hayot – o‘lim – qayta tirilish – hayot – o‘lim... (sansara). Shunday
qilib, renkarnatsiya g‘oyasi – bu spetsifik hindcha fenomendir. Buddani to‘rt oliy xaqiqati shu tinimsiz
tug‘ilishdan qutilishdan iboratdir. 1. Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish – azob, qarilik – azob,
kasallik va o‘lim – azob.O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish – azob, sevimli kishidan judo
bo‘lish – azob, xohlagan narsani qondirish uchun kurashish – azob. Aslida xohish-istaklar va ehtiroslardan
ozod bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu – azob haqidagi haqiqatdir. 2. YAshashga nisbatan kuchli
irodaga asoslangan xohish, agar hatto uning izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bilan tugasada, o‘zi xohlagan
narsani izlaydi. Bu – azoblarning sababi haqidagi haqiqatdir. 3. Agar insonning barcha ehtiroslari negizida
yotgan xohish bartaraf etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga etadi.
Bu – azoblarning to‘xtatilishi haqidagi haqiqatdir. 4. Xohish-istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga
(nirvanaga) erishish uchun, to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g‘ri turmush tarzi, kuchg‘ayratga erishish
zarur. Bu – azoblarning sababidan xalos bo‘lish haqidagi haqiqatdir Inson va jamiyat haqidagi dastlabki
fikr-mulohazalarni qadimgi Xitoy afsonalarida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, dastlabki inson
Odam Ato Pango qiyofasida namoyon bo‘ladi. Eramizdan avvalgi XII asrda mavjud bo‘lgan CHjou
davlatida dastlabki inson Odam Ato Pango yashagan ekan. Uning tanasidan tabiatning turli hodisalari kelib
chiqqan ekan. Cheksiz bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning qudratli zarbasidan er va osmonga bo‘linib
ketgan. O‘zining sehrli kuch qudrati bilan olamda tartib-intizom o‘rnatgan Odam Ato Pangodan odamzot bir
umrga qarzdor emish. Inson to‘g‘risidagi mifologik-diniy qarashlar o‘rnini asta-sekin falsafiy qarashlar
egallay boshladi. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi VIII-VI
asrlarda vujudga kelgan. Bu davrga kelib, qadimiy Chjou davlatida ijtimoiy munosabatlar keskinlashib
ketdi. Ziddiyatlarning keskinlashib borishi o‘sha zamonning ijtimoiy tafakkurida ham o‘z ifodasini topdi.
Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy muhitdan
izlay boshladilar. Inson yashayotgan tabiiy-ijtimoiy muhit o‘zgarishi bilan, uning o‘zi ham o‘zgarib borishi
haqidagi fikr mulohazalar eramizdan avvalgi VI asrda vujudga kelgan daosizm ta’limotida olg‘a surilgan.
Odam degan tirik mavjudotning paydo bo‘lishi sabablari, tabiati, olamdagi o‘rnini aniqlashda, odamning
inson darajasiga ko‘tarilishida tarbiyaning ahamiyati haqida, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy, huquqiy
normalarni tushuntirib berishda Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy ta’limotining ahamiyati katta bo‘lgan.
Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra odamlar bir-birlariga o‘xshab ketadilar lekin ular tarbiyasiga ko‘ra farq qiladilar.
Ayniqsa ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgara borishi inson xulqatvorining o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan.
Chunonchi, mutafakkirning e’tirof etishicha, odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lib, lekin xulq atvoriga
ko‘ra ular bir-biridan yiroqdirlar. Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha –
jen (insonparvarlik)dir. Lun Yuy (hikmatlar) kitobida shnday deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga
intilsa, u yovuzlik qilmaydi”, “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani o‘zgaga ham munosib ko‘rma, shunda
davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan”
39
. Inson va jamiyat haqidagi fikrlarni er.
avv. VII-VI asrlarda o‘rta va yaqin SHarq mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoda keng tarqalgan
39
Konfutsiy. Pand o’gitlar.// “Sog’lom avlod uchun” jurnali 1997 y 5-6 sonlar, 5-6 betlar
Do'stlaringiz bilan baham: |