9
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarga kelib, asosan, mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat
kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavhum nazariy fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar
ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi.
Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar,
ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi.
Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada
shug‘ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi
shak li – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi.
Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan
farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga
tayanib emas, balki aql
va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi
.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda, avvalo, dunyoni
oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil
javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi.
SHuningdek, ular sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish,
tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi Yuz bergan
o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish,rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi
miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy
bilim kurtaklari bilan to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub
o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular
sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni
chetga chiqarib qo‘ydi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi.
Teologiya
olam va odam munosabati,
umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan boQlab
tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay
asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan borliq regulyativ faoliyati nihoyatda
muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora
ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |