Umumiy aloqadorlik tamoyili.
Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular
boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday
tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ob’ekt
o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok
etadi.
Aloqa.
Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki
yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob’ektlar diskretlik, shakllanganlik
va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‘lgan joyda aloqalar mavjud bo‘lishi mumkinmi? O‘z-o‘zidan
ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud bo‘lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin
qilish ham mumkin emas. SHu sababli umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik»,
«cheksizlik»,«tuganmaslik» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning
falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari
borliqning universal aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Aloqalarni
tasniflash turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o‘zaro aloqalar, to‘g‘ri va egri
aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi. Hajm jihatidan aloqalar umumiy,
alohida va xususiy bo‘lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, funksional, strukturaviy, energetik, moddiy,
informatsion va boshqa aloqalar farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir
tarmog‘i doirasida tadqiq etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti
hisoblanadi. Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo‘lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni
o‘rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror,
takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida yoritiladi.
O‘zaro aloqa.
Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni»
hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir
ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-
biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga
aylanadi.Ob’ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni echish
talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha
xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va
Do'stlaringiz bilan baham: |