Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

64 



 

Dialektika  o‘z  mohiyati  jihatdan  umumiy  aloqadorlik,  bog‘lanish,  harakat,  o‘zgarish  to‘g‘risidagi 

ta’limot sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlarni to‘g‘ri 

ochib  borish  asosida  kishilarga  dunyoni  o‘zlashtirish  va  o‘zgartirish  yo‘llarini  ko‘rsatuvchi  metodologik 

qurol bo‘lib xizmat qiladi. 

Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlar haqidagi fandir. Chunki borliqdagi barcha 

narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va o‘zaro bog‘lanishda olib qarash borliq haqida dialektik fikr 

yuritishdir.  Haqiqatan  ham,  borliqdagi  hamma  narsalar,  hodisa  va  jarayonlar  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lib,  ular 

umumiy  aloqadorlikda  bir-birlariga  ta’sir  va  aks  ta’sir  qilib  turadilar,  bir-birlarini  taqozo  qiladilar.  Xoh 

tabiat  va  jamiyatda,  xoh  inson  hayoti  va  tafakkurida  bo‘lsin,  hech  bir  hodisa  yoki  voqea,  o‘zgarish  yoki 

jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan, boshqa o‘zgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga 

bog‘liq,  bo‘lmagan,  ular  bilan  aloqadorliksiz  mavjud  bo‘lmaydi,  aksincha,  ular  bilan  doimo  o‘zaro 

aloqadorlikda bo‘ladi. 

Borliqning  turli  tomonlari,  materiyaning  turli  ko‘rinishlari,  uning  asosiy  mavjudlik  usullari, 

harakatning  turli  shakllari  bir-birlari  bilan  o‘zaro  umumiy  aloqadorlikda  bo‘lib,  bir-birlariga  ta’sir  va  aks 

ta’sirida, lekin o‘zaro bog‘lanishda bir-birlarini taqozo qilib turadi. 

Dialektikaning  o‘zaro  aloqadorlik  prinsipi  yalpi  umumiy  xarakterga  egadir.  Uning  bu  yalpi 

umumiyligi  shundaki,  birinchidan,  bu  aloqadorlik  bir  butun  borliqqa,  ya’ni  tabiat,  jamiyat,  inson,  inson 

tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma ko‘rinishlariga oid barcha narsa 

va  hodisalarni,  ularga  xos  hamma  narsa  va  holatlarni,  bir  butun  inson  bilish  jarayonini,  xullas,  bir  butun 

moddiy va ma’naviy olamning hamma bog‘lanishlarini o‘z ichiga oladi. 

Dunyoda  boshqa  narsalar,  hodisalar  va  jarayonlar  bilan  tabiiy  aloqadorlikda  bo‘lmagan  hech  bir 

narsa, jarayon yo‘q. Lekin biz o‘z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani o‘rganar ekanmiz, dastlab 

uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog‘lanishlaridan ajratamiz. Bu jarayonda biz uning o‘ziga 

xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uchun bu narsa yoki hodisaning boshqa narsalar va hodisalar 

bilan  bo‘lgan  hamma  aloqa  va  bog‘lanishlarini,  hamma  aloqadorliklarini  aniqlab,  bilib  boramiz. Narsa  va 

hodisalarni haqiqatdan bilish uchun ularning barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog‘lanishlarini birga 

olib o‘rganmoq, lozim. Biz garchi bunga hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasak ham, lekin har tamonlama 

o‘rganish  talabi  bizni  xatolardan,  noto‘g‘ri  xulosa  chiqarishlardan  saqlab  qoladi.  SHu  asosdagina  biz  bu 

narsa yoki hodisaning bir butun tabiati va mohiyatini to‘g‘ri bilib olishga erishamiz. 

Dialektik  aloqadorlik  va  bog‘lanishlar  bir  butun  borliqning  turli  tomonlari  va  materiyaning  turli 

ko‘rinishlari o‘rtasidagina mavjud bo‘lmasdan, balki har bir narsa yoki hodisaning ham o‘zidagi barcha to-

monlari,  hamma  belgi  va  xususiyatlari  o‘rtasida  ham  mavjuddir.  Chunki  har  bir  narsa  yoki  hodisaning 

hamma tomonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda mahkam va chambarchas aloqadorligi 

qonuniy va tabiiy holdir. 

Aloqadorlik  va  bog‘lanishlar  borliqning  turli  sohalarida  turli-tuman  shakllarda  namoyon  bo‘ladi. 

Bular  quyidagilardir:  a)  «elementar»  zarralarning  bir-birini  taqozo  qilishi  va  aks  ta’siri  shaklida;  b) 

planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari shaklida. Organik tabiatda: a) tirik organizmlarning modda 

almashinuvi  shaklida;  b)  tirik  organizmlar  bilan  tabiiy  muhit  o‘rtasidagi  bog‘lanishlar;  v)  o‘simlik  va 

hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligida; g) hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda va h.  k. 

Jamiyatda bo‘lsa: a) jamiyat bilan tabiat o‘rtasida; b) jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti o‘rtasida; v) 

jamiyat ishlab chiqarish usulining tomonlari: ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari 

o‘rtasida;  g)  jamiyatning  iqtisodiy  bazisi  bilan  ustqurmasi  o‘rtasida;  d)  jamiyat  iqtisodiy  strukturasi 



 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish