321
hamkorlariga (talabalarga) yoki o‘qituvchiga o‘z parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio» sahifalariga
kirishiga ruxsat beradi va taqdimot tugagach parolni o‘zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio»
mazmunini baholash uchun o‘qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg‘ulot davrida
muhokama qilish mumkin bo‘ladi. Agar buning uchun alohida vaqt, o‘quv soati ajratilmagan bo‘lsa off-line
telekonferensiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti forumida amalga oshirish
mumkin. Bunday forumda talaba o‘zi tanlagan yoki o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi
bo‘yicha butun kuchini berganligini, uning o‘z faoliyatiga bergan bahosi o‘qituvchi va ekspetlar guruhi
tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni qaysi jihatdan to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatishi va o‘zining kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan
xulosalashi lozim.
Agar talabalar o‘qituvchining o‘ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy munosabatda ekanliklarini his
qilishsa, albatta o‘z fikrlari, tajribalari va kuzatish natijalari bilan o‘rtoqlashadilar. Chunki, har qanday
talaba yoki shaxs o‘z ijodiy mehnati natijalari bo‘yicha boshqalar fikriga bee’tibor bo‘lishmaydi. Faqat shu
yo‘l bilangina shaxsni kamol toptirish, o‘stirish mumkin. Agar talabada bunday ishonch bo‘lmasa, ochiq
muloqat yuzaga kelmaydi. Talaba yuqorida ko‘rsatilgan «portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut
saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan davlatlarda
allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun bir qancha qulayliklarni
yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning kommunikativ muvaffaqiyatlari,
muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo‘yicha ham yuritilishi mumkin. Bunday
«portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota- onalarni ham faol ishtirok etishlarini ta’minlash yanada
yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z farzandlari faoliyati natijalarini baholashlari uchun o‘qituvchi
tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan
foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z-o‘zini baholash natijalari muhokamasida ushbu
texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari quyidagi omillar bilan
asoslanadi:
ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga mos kelishi;
bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z qarorlarining oqibatlarini
bilish darajasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |