Aql-idrok,
oqilonalik, bilimlar
insonning maqsadga muvofiq faoliyatini belgilovchi ongning eng muhim elementlari
hisoblansa, ular negizida shakllanuvchi ma’naviyat o‘z hayot yo‘lini, o‘z faoliyatining maqsadlari va
mazmuni hamda ularga erishish vositalarini tanlash to‘g‘risidagi masalani u yoki bu tarzda echayotgan inson
hayotining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar qatoriga kiradi.
Xulosalar.
Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida o‘z holicha emas, balki vujudga kelgan qadriyatlarga
munosabatlar tizimi zaminida muhim o‘rin egallaydi. Qadriyatlarning butun rang-barangligini uch asos:
ijtimoiy hayot sohalariga, sub’ektlarga, qadriyatlarning jamiyat hayotidagi roliga ko‘ra tasniflash mumkin.
Quyidagilar inson uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi: qadriyat sifatidagi hayot, qadriyat sifatidagi sog‘liq
va qadriyat sifatidagi erkinlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |