106
da’vat etadi. Bu faoliyat samarali yoki samarasiz, puxta o‘ylangan yoki spontan va tartibsiz bo‘lishi
mumkin. Ehtiyojlar tashqi muhit predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma’naviy uyg‘unlikka erishishga
muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‘lib, ob’ektlarni,
o‘zlari yo‘naltirilgan mavjud borliqni ham, o‘z manbai sanalgan sub’ektning muhim xususiyatlarini ham
tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni ro‘yobga chiqarishga
yo‘naltiruvchi mo‘ljallar, mayllar va manfaatlarda o‘z rivojini topadi. Aynan ehtiyojlar inson ongining
nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari
o‘zgaruvchan, harakatchan, o‘zaro bog‘langan va bir-birining o‘rnini bosishga qodir. Ularning ayrimlari
vujudga keladi, ba’zilari yo‘q bo‘ladi, ayrimlari aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb
etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi
individlarning bir-biri va jamiyat bilan ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi va intensivligini aks ettiradi.
Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar majmuining murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, moddiy
va ma’naviy hayotning o‘z me’yorlari va qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining
jo‘shqinligi – bularning barchasi uning ehtiyojlari o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar
ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar
nisbatan barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning ierarxiyasi muntazam ravishda o‘zgaradi,
qadriyatlar esa nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu
hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan muxolifatni
izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining qimmatini tan olgunlariga qadar xristianlar asrlar
mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik mashhur rassom Mark SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi
butun dunyoda yuksak baholangan bo‘lsa-da, o‘z vatanida hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum
emas. Sezann ijodi rassomning o‘limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk
musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy san’at ko‘rgazmalarida biror marta ham namoyish etilmagan,
chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu kabilar. Ayni hol shu bilan
izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‘g‘ri anglanishi mumkin. SHu sababli
amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, amalda qimmatga ega bo‘lmagan narsa esa,
yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |