102
3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko‘p sonli ijtimoiy aloqalar
orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini
ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-
iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi (ya’ni, har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari)
aniqlangan.
SHunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, bu ishlab
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining mohiyatini belgilaydi,
degan xulosaga kelingan.
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, ishlab
chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit
ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin.
«Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U
jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm.
Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon
sifatida tavsiflagan.
XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini oqlamadi. Bunda tarixiy ri vojlanish jarayonini
tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dog maga aylantirish va mutlaqlashtirish
shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini
qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa
formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining
muqobil yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi
yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv
amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni
holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi.
SHunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo‘lgan
chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi, ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jahon tarixiy
jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. SHu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan
o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizatsionyondashuv tarixiy jarayonni
tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
Falsafani tushunishga nisbatan sivilizatsion yondashuv XIX–XX asrlarda vujudga kelgan. U, asosan, ko‘p
sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari
surishi bilan tavsiflanadi. Bu erda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri, tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822–1885) bo‘lgan. U har
biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar «asosi» – diniy,
madaniy, siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar)
haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-
biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo‘lish
bosqichlaridan o‘tadi. Jahon tarixining mazmunini, Danilevskiy o‘zining alohida qonunlariga binoan
rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o‘z-o‘zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan
iborat, deb bilgan.Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini
ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2)
madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3)
sivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga bog‘liq bo‘ladi; 4)
sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish davri esa, qisqadir; 5)
sivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi, degan
ma’noni anglatmaydi.
Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald SHpengler (1880–1936) rivojlantirgan. U ham
ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli evropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. SHpengler falsafasida
madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda o‘ziga o‘xshash boshqa
«organizmlar»dan ajralib turadigan alohida «organizm»ni tushungan. Bundan yagona umuminsoniy
madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib chiqqan. SHu sababli SHpengler jahon
Do'stlaringiz bilan baham: |