Bilim shakllari
– Inson o‘zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar yordamida o‘zlashtiradi.
Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik
vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida sub’ekt va
ob’ektning bilishga doir munosabatlari ular o‘rtasidagi ko‘p sonli munosabatlarning biridir. O‘z navbatida,
bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida
tabaqalanadi va o‘zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq
bo‘lsa-da, lekin bir-biriga o‘xshamaydi va har bir-biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |