Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   643
Bog'liq
Mantiq

j) Zaruriyat va tasodif.

 

Narsa  va  hodisalarning  mohiyatidan,  ularning  ichki  muhim  bog‘lanishlaridan  muayyan  sharoitda 



qat’iy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisa

 zaruriyat

 deb ataladi. 

Narsa  va  hodisalarning  mohiyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan,  tashqi  ta’sir  va  ikkinchi  darajali  omillar  bilan 

bog‘liq, bo‘lgan, ayni  sharoitda  yuz berishi  ham,  yuz bermasligi  ham  mumkin  bo‘lgan hodisa  yoki  voqea



 

tasodif 

deyiladi.  Zaruriyat  va  tasodif  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan,  biri  ikkinchisisiz  mavjud  bo‘lmaydigan 

borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishi va rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular bir-

biri  bilan  o‘zaro  bog‘liq  va  ayni  vaqtda  bir-biridan  farq  ham  qiladi.  Bu  farq,  avvalo,  ularning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari  bilan  xarakterlanadi.  Zaruriyatning  bunday  o‘ziga  xos  xususiyatlari  quyidagilar:  1) 

zaruriyatning  sababi  o‘zida  bo‘ladi,  u  mazkur  narsa  yoki  hodisaning  ichki  tabiatidan  kelib  chiqadi,  u 

mohiyat  bilan  bog‘liq;  2)  zaruriyat  narsa  va  hodisaning  muhim,  takrorlanib  turadigan  ichki 

aloqadorliklarning natijasidir; 3) zaruriyat narsa va hodisaning oldingi bo‘lgan o‘zgarish va rivojlanishlari 

orqali qonuniy tayyorlangan bo‘ladi; 4) zaruriyat muqarrarlik xususiyatga ega bo‘lib, albatta, yuz beradi; 5) 

zaruriyat umumiy xarakterga ega; 6) nihoyat, zaruriyat doimo qonuniyat bilan bog‘liq, bo‘ladi. 

Tasodif  zaruriyatdan  farqli  o‘laroq,  muayyan  sharoitda  yuz  berishi  ham,  yuz  bermasligi  ham 

mumkin,  u  shu  tarzda  ham,  boshqacha  tarzda  ham  yuz  berishi  mumkin.  Tasodif  ayni  vaqtda  narsa  yoki 

hodisaning  mohiyatidan  kelib  chiqmaydi,  u  beqaror  va  vaqtinchadir.  Ammo  tasodif  ham  sababsiz  yuz 

bermaydi. Uning sababi, odatda, narsa yoki hodisaning o‘zida bo‘lmay, balki undan tashqarida tashqi shart-

sharoitlarda  bo‘ladi.  Tasodif  ham  o‘ziga  xos  quyidagi  xususiyatlar  bilan  xarakterlanadi:  1)  tasodifning 

sababi o‘zida emas, balki boshqa narsa va hodisadadir, u ichki sabab asosida emas, tashqi sabablardan kelib 

chiqadi;  2)  tasodif  borliqdagi  nomuhim  bog‘lanishlardan  kelib  chiqadi;  3)  u  narsa  yoki  hodisaning  butun 

rivojlanish  davomida  emas,  balki  turli  jarayonlarning  ta’sirida  sodir  bo‘ladi;  4)  tasodif  narsa  va  hodisalar 

rivojlanishining  yo‘nalishini  belgilab  bermaydi,  shunga  ko‘ra  u  muqarrar  emas;  5)  tasodif  umumiy  emas, 

balki individual xarakterga ega; 6) tasodif, nihoyat, qonun bilan bog‘liq emas. 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish