73
«bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd
etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi.
SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e’tibor barcha
gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga
oladi va yanada kengroq mavhumlik hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida
harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar
dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi
mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar – kategoriyalar (yunon. –
«asos», «umumiy baho») deb ataladi. Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu
darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan
cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir.
Falsafiy
kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqa lari va munosabatlari haqida
fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir
. Falsafa kategoriyalari muayyan
fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv
dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy
jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika
kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va
ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda,
umumiy
kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalari
dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi.
Dialektika
kategoriyalarini ikki turga
ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar
.
Substansion kategoriya lar – bu boshqa kategoriyalardan qat’i nazar, alohida-alohida qo‘llaniladigan
kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq»,«materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon»,
«vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi,
lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish
imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish
jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi
; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda, boshqasini hisobga
olmaslik mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |