70
Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning
alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va aloqalarining
rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan
engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va
hokazo. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning
agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning
kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har
qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi.
Xossa
–
predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini
belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi.
Xossalar muhim va ikkinchi darajali bo‘lishi
mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar
tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki
predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin. Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va
sh.k.) muayyan miqdor va
sifatga ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha
xossalar majmuidir.
Miqdor
–
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi.
Barcha narsalar,
jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan
miqdorga ham ega. Ular muqarrar tarzda muayyan
o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning
qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatgabog‘lanmasdan aniqlanishi
mumkin. SHuningdek, miqdor turli predmetlarning
ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat
jihatidan tenglashtiradi. SHu ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini
mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga
tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb
qilish imkonini beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor
ko‘rsatkichlarini
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi dara
aniqlovchi ayrim
ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy
munosabatlar son, qiymat, funksiya,to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani matematik
apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz makonlarini tadqiq
etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan biriga aylangan.
Har qanday
predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir
. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan
muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi
va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan, har qanday predmet muttasil o‘zgarishda
bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo
o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |