Dialektik ziddiyat
–
bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-
qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni echish mexanizmidir. Quyidagi
dalillar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va
o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham
saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy
va o‘ta qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi.
O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo
beqaror bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining
bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez
moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol – shaxs va jamiyat
munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy
guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda
ichki
qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini
ko‘rsatadi.
XX asr 30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash,
lekin
musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim
o‘z nazariyasida biron-
bir xato topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga
uning ishonchi yuq edi.
SHunday qilib, qarama-
qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb
etadi, aloqa usuli esa
bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat
qarama-qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.
Tafovut –
avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining
mos kelmasligidir.
«Tafovut» – har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik
munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin.
Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan
ziddiyatga kirishish omili
. Bu qarama-qarshilik bosqichi
bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay
o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish
manbai hisoblanadi. Rivojlanish manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim.
Rivojlanish manbai – ichki hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham
rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi
muhit sizning holatingiz o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida asosiy
tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga qaratilgan. Musbat
tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |