63
Dogmatika.
16
Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga
olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish
ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil qilib, u dastlab sofistik
tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan
metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari
sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-
biridan ajratilgan holda, ular o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning
natijasida, ularni harakat holatida emas, balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa
sifatida emas, balki o‘lik narsalar sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday
tekshirish va tushunish bora-bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi.
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi in’ikoslari, ya’ni
tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirilishi lozim bo‘lgan ayrim-
ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan narsalardir. Uning nazarida, buyum yo
mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir narsa ayni zamonda shu buyumning o‘zi va yana
boshqacha bo‘la olmaydi. Musbat narsa bilan manfiy narsa bir-birini mutlaqo istisno qiladi... Bu tafakkur
usuli, daf’atan qaraganda, bizga tamomila maqbul bo‘lib ko‘rinadi.
O‘rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olinishi bilan diniy aqidalarga
ishonish talablari kuchayadi. Bu o‘z navbatida dogmatik tafakkurning yanada keng tarqalishiga sabab
bo‘ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‘lishi bilan, metafizik tafakkurning ilmiy jihatdan asossizligi ma’lum
bo‘lgandan keyingina, dogmatik tafakkur o‘zining falsafiy asosidan mahrum bo‘ladi. Lekin dogmatik
tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning mavjudligi, avvalo, inson o‘z bilish jarayonida ba’zan
bilishning biron bir tomoni yoki biron holatini noo‘rin mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu
bilan birga, dogmatik tafakkurning mavjudligi hozirgi zamon falsafasida olamning o‘zgaruvchanligi va
rivojlanishi g‘oyasini inkor etuvchi antidialektik (ya’ni metafizik) konsepsiyalarning mavjudligi bilan
hamda dialektikani bilmaslik yoki tushunmaslik bilan ham bog‘liqdir.
Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavflidir, u bunda sektantlikka, sub’ektivizmga,
amaliyotdan uzilishga, ijodiy jarayonlarni to‘xtatishga, ijodiy g‘oyalar, nazariya va ta’limotlardan voz
kechishga, hamma sohada sodir bo‘ladigan yangiliklarni o‘z vaqtida payqamaslikka, istiqbolni oldindan
ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar, ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda
katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat) taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari
ko‘nikkan vaziyatga muvofiq eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz
O‘zbekistonning o‘z mustaqil taraqqiyotini boshlab yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tgan davrda ba’zi o‘rta
bo‘g‘in rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol uchratdik. Umuman, dogmatik tafakkurning hamma xildagi
ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borib, dialektik tafakkurni hamma sohada keng qaror toptirish lozim.
Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning yangi rivojlangan
mazmunga muvofiq kelmasligini, insoniyatning taraqqiyotini ta’minlovchi yangi shakl va mazmunga
o‘tishning zarurligini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi kunda shakllanayotgan sinergetika ham
dialektika muammolariga yangicha yondoshish kerakligini ko‘rsatmoqda.
16
Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga olmay
qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |