2-chizma Auditni rejalashtirish bosqichlari
Auditni rejalashtirish bosqichlari
Dastlabki
rejalashtirish
Auditni
dastlabki
rejasini
tayyorlash va
tuzish
Audit dasturini
tuzish va
tayyorlash
44
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo'jalik rahbari
bilan auditni o'tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi
zarur.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo'jalikning moliya-xo'jalik
faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to'g’risida axborotga ega bo'lishi shart:
1. Xo'jalikning xo'jalik faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan, umuman mamlakat
(mintaqa)dagi va iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks
ettiradigan tashqi omillar to'g’risida.
2. Xo'jalikning xo'jalik faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan, uning individual
xususiyatlari bilan bog’langan i h i omillar haqida.
3. Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:
- korxonaning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
- ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot
nomenklaturasi;
- mahsulot ishlab chiqarishning cheklanishi xususiyatlari;
- debitor qarzlari bo'yicha hisob siyosatida belgilangan usullarni o'rganish;
- pul mablag’lari bo'yi ha hisob ishlarini tash il etilgani;
- Moliyaviy hisobot shakllarni to'liqliligi hamda tizimliligi va shu kabilar.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o'tkazish
imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o'tkazishni mumkin
deb hisoblasa, u auditni o'tkazish uchun shtatni shakllantirishga o'tadi.
Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish
paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:
1. Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi ish
vaqti byudjeti;
2. Guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlari;
3. Guruhning miqdoriy tarkibi;
4. Guruh a'zolarining mansab darajasi;
5. Guruh xodimlarining vorisligi;
6. Guruh a'zolarining malaka darajasi.
45
Auditning umumiy rejasi - mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki
rejalashtirish, tekshiriladigan korxonaning ichki nazorat tizimini baholash,
tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni
bevosita o'tkazish jarayonini (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini
tahlil kilish barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv
natijalarini mijozga takdim etish va hakozalarni o'z ichiga olgan holda audit
o'tkazishning barcha boskichlarini aks ettirishi lozim.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti auditni o'tkazish muddatlarini
nazarda tutishi va auditni o'tkazish muddatlarini, hisobot (xo'jalik rahbariyatiga
yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzishni nazarda tutishi shart. Vaqt
sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga olishi kerak:
1. Haqiqiy xarajatlar;
2. Bundan oldingi davrda (takroriy audit o'tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi hisob-
kitobi va uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi;
3. Jiddiylik darajasi;
4. Auditorlik xatarlarining amalga oshirilgan baholari.
Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari asosida
auditni o'tkazish usulini belgilaydi, ichki nazorat tizimining ishonchliligini,
audit xatarlarini baholaydi. Tanlab audit o'tkazishga qaror qilingan taqdirda
auditor auditorlik tanlamasini "Auditorlik tanlamasi" standartiga muvofiq
shakllantiradi.
Audit dasturi audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit
rejasini amalda ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan auditorlik ruso'm-
qoidalari mazmunining batafsil ro'yxatini o'z ichiga oladi. Dastur auditor
assistentlari uchun batafsil yo'riqnoma bo'lib xizmat qiladi va bir vaqtning
o'zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini
nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
Auditor audit dasturini hujjatli rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan
auditorlik ruso'm-qoidasini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak, toki auditor
46
ish jarayonida o'zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega
bo'lsin.
Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko'rinishida va
mohiyatiga ko'ra auditorlik ruso'm-qoidalari dasturi ko'rinishida tuzish kerak.
Nazorat vositalari testlari dasturi ichki nazorat va hisob tizimining
faoliyati to'g’risidagi axborotni yig’ish u hun mo'l allangan hara atlar
majmuining ro'yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining maqsadi shundan
iboratki, ular xo'jalik yurituvchi sub'ekt nazorat vositalarining jiddiy
kamchiliklarini aniqlashda yordam beradi.
Mohiyatiga ko'ra auditorlik amallari o'z ichiga buxgalteriya hisobida
hisobvaraqlar bo'yi ha aylanmalar va saldolar to'g’ri a s ettirilganligini batafsil
tekshirishni oladi. Mohiyatiga ko'ra auditorlik amallari dasturi ana shunday
aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro'yxatidan iborat bo'ladi.
Mohiyatiga ko'ra amallar uchun auditor buxgalteriya hisobining ayni qanday
bo'limlarini tekshirishini belgilashi va buxgalteriya hisobining har bir bo'limi
bo'yicha audit dasturini tuzishi kerak bo'ladi.
Auditni o'tkazish shartlari va auditorlik rusum-qoidalari natijalarining
o'zgarishiga bog’liq holda audit dasturi qayta o'rib hiqilishi mum in.
O'zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak.
Auditorlik dasturining har bir bo'limi bo'yicha auditorning ish
hujjatlarida rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo'jalik
yurituvchi sub'ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish
uchun fakt materiali, shuningdek korxonaning moliyaviy hisoboti to'g’risida
auditorning xolis fikrini shakllantirish uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Audit dasturida bajariladigan ishlar ketma-ketligi belgilab olinadi:
1. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot buyi ha dastlab i va yig’ma hu atlarni
tekshirish;
2. Xo'jalikda nazorat vositalarining mavjud kamchiliklarini aniqlash maqsadida
test so'rovnomasi o'tkazish;
3. Pul oqimlari to'g’risidagi hisobot buyi ha tanlanma audit o't azish;
47
4. Audit natijalariga baho berish va rasmiylashtirish;
5. Auditorlik tekshiruvining yakunlari buyicha auditorlik hisoboti va
xulosalarni tayyorlash.
Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so'ng audit umumiy rejasi va
dasturi hujjatning rasmiylashtirilishi hamda ularga belgilangan tartibda viza
qo'yilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |