10.5. Zaxira kapitali auditi
Zaxira kapitali, agar ustavda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, sof foydani
zaxira qilish yo‘li bilan xususiy kapitalni to‘ldirib borish uchun tashkil
etiladi. O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilikka muvofiq
aksiyadorlik jamiyatlari jamiyat Nizomi bilan belgilangan, lekin Nizom
kapitalidan 15% kam bo‘lmagan miqdorda zaxira kapitali tashkil etish
huquqiga ega.
21-son BHMS ga ko‘ra, «Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda
hisobidan shakllantiriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan
yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag‘laridan tashqari
192
tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»;
8520 - «Rezerv kapitali»;
8530 - «Tekinga olingan mulk».
Auditor zaxira kapitali hisobi bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari
to‘g‘ri ekanligini tekshirishi lozim.
Korxona
Nizom
kapitalini
xorijiy
kapital
ishtirokida
shakllantirishda qo‘shilgan kapital deb ko‘rsatiladigan kurs farqi hosil
bo‘lishi mumkin.
Nizom kapitaliga ulush sifatida haqiqatda kiritilgan, moddiy
qiymatliklar, nomoddiy va moliyaviy aktivlarni baholash ularni ta’sis
hujjatlarida va dastlabki kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin.
Auditor, shuningdek, zaxira kapitali to‘g‘ri tashkil etilganligi va
to‘ldirilganligi, ya’ni: foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan zaxira
kapitali Nizom kapitalining 15% dan kam emasligi, mol-mulkni (asosiy
vositalarni) qayta baholashdan hosil bo‘lgan barcha inflyatsiya zaxiralari
zaxira kapitali ko‘payishiga o‘tkazilganligi, bepul kelib tushgan mol-
mulkning barchasi zaxira kapitalning ko‘payishiga o‘tkazilganligini
tekshiradi. Tekshirish manbasi bo‘lib korxona Nizomi, O‘zbekiston
Respublikasi hukumatining qayta baholash to‘g‘risidagi qarori, qayta
baholash bo‘yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to‘g‘risida
shartnomalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, bildirishnomalar
(avizo) va boshqalar hisoblanadi.
Zaxira kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxona faoliyati
tugatilganda ish haqi va soliqlarni budjetga to‘lash, inflyatsiya bo‘yicha
zararlarni qoplash, aksiyadorlik jamiyati hay’ati qaroriga muvofiq
Nizom kapitalini to‘ldirish, qayta baholash summalarini qoplash va
aksiyadorlik jamiyatining boshqa yo‘nalishlari uchun foydalaniladi.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yo‘qligi yoki u yetarli
emasligida zaxira kapitali imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni
to‘lash uchun yo‘llanishi mumkin.
Auditor zaxira kapitali mablag‘lari korxona xodimlariga moddiy
yordam ko‘rsatishga, mehnatga haq to‘lashga yoki mukofotlar to‘lashga
ishlatilganligi holatlari bilan to‘qnash kelishi mumkin. Shu bois, auditor
zaxira kapitali ishlatilishini zaxira kapitali schyotidagi yozuvlarni tahlil
qilish yo‘li orqali ta’sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi va
taqsimlanmagan
foyda
schyotlari
bilan
korrespondentlanishini
sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.
193
Do'stlaringiz bilan baham: |