266
- banklar, kreditorlar;
- soliq va sug‘urta qo‘mitalari;
- huquq va boshqa davlat organlari.
Tashqi auditning maqsadlarini tahlil qila borib, nazorat qiluvchi
auditning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
tayyor
mahsulot hisobi va uni sotish auditi; ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasining auditi; ustav kapitali va
ta’sischilar
bilan hisob-kitoblar auditi; mehnat va ish haqi bo‘yicha
hisoblashuvlar auditi; moddiy qimmatliklar hisobining auditi; pul
mablag‘lari hisobining auditi va boshqalar.
Konsultativ-maslahatchi audit vazifalariga quyidagilarni kiritish
mumkin: Qarz vositalari strategiyasining auditi; moliyaviy barqarorlik
auditi; dividendlar bo‘yicha siyosatning auditi; to‘lovga
qobiliyatlilik
auditi; kompleks audit. Bu vazifalar iqtisodiy-matematik modellar bilan
ko‘rsatilib, odatda, matematik dasturlashtirish va noaniq mantiq
uslublari yordamida o‘z yechimini topadi.
Sanab o‘tilgan vazifalarni echishga mo‘ljallangan NMATning
ta’minlovchi qismini quyidagi 14.1.-chizmada ko‘rib chiqamiz:
Chizmada
axborot
va
dasturiy
ta’minot umumlashtirib
ko‘rsatilgan. Barcha tizim shartli ravishda ikki qismga - nazorat qiluvchi
va maslahat beruvchi qismlarga bo‘lingan. Quyida biz bu qismlarning
har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Nazorat qiluvchi qism ikkita umumlashgan moduldan iborat bo‘lib,
ulardan biri bilimlar manbai fayllarini tashkil qilish uchun, ikkinchisi esa
- shaxsan auditni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Qolgan modifikatsiyalar noaniqlik sharoitida
qaror qabul qilish
uchun qo‘llaniladi. Ularning yordamida tizimning u yoki bu xulosalari
bo‘yicha ishonch koeffitsienti hisoblanadi. Xulosalar auditor tomonidan
aniqlangan xatolarga qanday taalluqli bo‘lsa, korxonaning moliyaviy
holatini baholash yoki uni yaxshilash yo‘llarini izlashga ham shunday
taalluqli bo‘lishi mumkin.
Har bir qoida shartiga aniq belgilangan koeffitsient yuklatiladi.
Xuddi shunday koeffitsient umumiy qoidalar uchun ham ko‘rsatiladi. Bu
aniqlik koeffitsientining hisoblab chiqish imkonini beradi.
NMATning qoidalar manbaidan foydalanishning ikkita imkoniyati
mavjud:
- talablarga mos keladigan tashqi axborot bilimlar manbai tizim
qoidalariga asosan qayta ishlanadi va olingan natija
natijaviy fayllarga
yuboriladi;
267
- talablarga mos keluvchi tashqi axborot, avvalo, faktlar manbaiga
joylashtiriladi. U auditor tomonidan, tizim bilan muloqoti oxiridagina
mos qoidalar yordamida qayta ishlanadi. Auditorlik hisoboti bunda
qismlar bilan emas, balki to‘la tarkib topadi.
Auditni bajarish moduli - tizim ishini bo‘limlarga ajratish, ekranga
standart va standart bo‘lmagan oynalarni chiqarish,
auditorlik
xulosalarni tashkil qilish va tahrir qilish uchun belgilangan.
Bu modulni ishlab chiqish auditorlik nazorat funksiyalarini
bajarish strategiyasini tanlashni nazarda tutadi. NMATni tashkil qilishda
ikkita strategiya mavjud bo‘lib, ularni tanlash ikki qarama-qarshi
mezonga asoslanadi:
-
boshlang‘ich
ma’lumotlarni
kiritishda
xarajatlarni
minimallashtirish;
- moliyaviy hujjatlarda xato bo‘lgan harakatlarni o‘tkazish
tavakkalchiligini minimallashtirish.
Yuqoridagi ikki strategiyasini quyidagi 14.1.-chizmada ko‘rib
chiqishga harakat qilamiz. Boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritish uchun
talab qilib qilinadigan xarajatlar ko‘p hollarda NMATlarni tashkil qilish
strategiyasini tanlashda hal qiluvchi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Biz
bu xarajatlarni qisqartirishga ikki yo‘l bilan erishish mumkin, deb
hisoblaymiz:
1. Buxgalterlik ma’nodagi boshlang‘ich ma’lumotlarni
kiritishdan
butunlay yoki qisman voz kechish va testli qoidalar bilan beriladigan
«ha», «yo‘q» turda ta’kidlanadigan ma’lumotni kiritishi bilan
chegaralanish;
2. Mijozning analitik va sintetik hisoblaridagi barcha moliyaviy
xo‘jalik muomalalari aks etgan birlamchi ma’lumotiga tayanib.
Birinchi yo‘l, ya’ni mijozning buxgalterlik hujjatlarini kiritishdan
voz kechishni keyingi qismlarda ko‘rib chiqamiz.
Hozir esa ikkinchi
yo‘l, ya’ni NMATni tashkil qilishning ikkinchi yo‘lini ko‘rib chiqamiz.
NMATi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning kerakli format va kerakli
tuzilmada, mashina tashuvchilarda bo‘lishi ideal variant hisoblanadi.
Biroq, turli mijozlar mazmuni va tuzilishga ko‘ra turli fayllarga ega
bo‘lganliklari sababli, NMAT talab qiladigan tuzilma bilan mos
tushmasligi mumkin. Bu erdan esa mijozlar fayllarini NMATning
dasturiy qobig‘i qabul qiladigan formaga konvertatsiya qilish muammosi
kelib chiqadi.