Savdo-sotiq hajmiga reklamaning ta’sir etishini baholash formulasi
Tadqiqotchilar reklamaning savdo hajmiga ta’sirini tajribalar yorda-
mida o‘tgan davrlarni tahlil qilish asosida baholashga urinmoqdalar.
Retrospektiv yondashuv o‘tgan davrdagi savdo hajmi va reklamaga
xarajatning o‘zaro aloqasini statistik (hisoblab) chiqarishda ko‘rinadi.
Boshqa tadqiqotchilar reklamaning savdo hajmiga ta’sirini baholash
uchun eksperimental yondashuvdan foydalanadi.
Tadqiqochilarning yanada ko‘proq qismi reklama xarajatlarining
savdo hajmi o‘sishiga ta’sirini baholashga urinadilar va faqat
kommunikativ samarani o‘lchash bilan qanoatlanmaydilar.
Bevosita savdo - xarid jarayonining ma’lum bir bosqichlarida,
ayniqsa, xaridorning o‘zi sotayotgan tovarni afzal ko‘rishiga erishish va
uni sotib olishga undash kerak bo‘lganda eng samarali kommunikatsiya
vositasidir. Shuning uchun soddaroq vazifalar kommunikatsiyaning
arzonroq texnik vositalari orqali uzatilgan sari, savdo xodimlarining
strategik marketingdagi roli kuchayib boradi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo – savdoning mustaqil vositachi-
lar xizmatlaridan foydalanmagan holda xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri
aloqa o‘rnatish imkonini beruvchi metodi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo operatsiyalari o‘tkazish ustidan
to‘liq nazorat yuritishga, o‘z tovarlari bozorini yaxshiroq o‘rganishga,
o‘z iste’molchilari bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatishga, o‘z
takliflariga tez o‘zgartirishlar kiritishga, mahsulot sifatini oshirish
bo‘yicha iste’molchilar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishga
imkon beradi. Ishlab chiqaruvchi va xaridorning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa-
lari munosabatlar marketingi rivojlanishi (interfaol marketing) asosini
tashkil etadi, bunda foyda manbayi tovar emas, mijoz hisoblanadi. Bozor
vakili marketingni uzoq muddatli munosabatlarda bir martalik bitimga
aylantirishga urinadi.
Firmaning
reklama
xarajatlari ulushi
Ovoz
ulushi
Ong va qalb
ulushi
Bozorning
ulushi
361
To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo, asosan, ishlab chiqarish vosita-
lari bozorida tarqalgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri sotishlar asosiy tur xomashyo-
larni qayta ishlash sanoatlariga yetkazib beruvchi neft, ko‘mir, stanok
qurilishi kompaniyalari kabilar uchun xarakterli. Jahon tajribasi
ma’lumotlariga ko‘ra, mashina va uskunalarning 2/3 ga yaqin qismi
eksport ta’minlanishi savdo bo‘limlari, filiallar, agentlar, vositachilar
orqali amalga oshiriladi, faqat 1/3 qismigina oraliq savdo bo‘g‘inlari
tomonidan bajariladi.
Keng iste’mol tovarlari bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo yorda-
midan kam foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchi bevosita iste’molchilar
bilan ishlasa, u to‘g‘ridan to‘g‘ri savdoning bevosita marketing va
shaxsiy sotish turlaridan foydalanishi mumkin.
Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) marketing – bevosita reklama orqali
bevosita iste’molchilarga, ulardan reklama murojaatlariga to‘g‘ridan
to‘g‘ri javob olish uchun mo‘ljallangan. Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri)
marketingning quyidagi turlari mavjud: pochta bo‘yicha bevosita
marketing, kataloglar bo‘yicha marketing, telemarketing, televizion
marketing va elektron savdo.
Pochta orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing (“direkt-meyl”) – pochta
jo‘natmalarini (xatlar, reklamalar, namunalar va b.) potensial mijozlarga
tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan marketing. Tarqatiladiganlar
ro‘yxati ma’lum guruhdagi tovarlarning eng ishonchli xaridorlari
ro‘yxati asosida shakllantiriladi.
Kataloglar bo‘yicha marketing – kataloglar vositasidagi to‘g‘ridan
to‘g‘ri marketing, mijozlar yoki ularning vakillari tomonidan
do‘konlardan tanlangan tovarlar jo‘natiladi.
Shaxsiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish eng avval firmaning
marketing strategiyasini amalga oshirishda savdo xodimi o‘ynaydigan
rolni belgilab olishni talab qiladi. Buning uchun firma har bir tovar
bozorida o‘z mijozlari bilan o‘rnatmoqchi bo‘lgan aloqa xarakterini
aniqlab olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |