To‘g‘ri marketing
- bu xaridor bilan turli vositalar orqali to‘g‘ridan
to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan
iborat.
Franchayzing
- bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan
biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer
firmasining tovar markasi, nomlanishi va reklamasidan foydalanib,
tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita
qatnashadi. AQShda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi
orqali amalga oshiriladi.
Tovarni peshtaxta orqali sotish
- tovar sotishning odatdagi usuli
bo‘lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma
asosiy elementlari, chunonchi, tovarlarni ko‘rsatish va uning
assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan
tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |