6.4.
Marketing nazorati va uning turlari
Marketingning murakkab masalalaridan biri nazorat hisoblanadi.
Nazorat–marketing sohasida holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam,
uzluksiz tekshirish va baholashdir. O‘z mohiyatiga ko‘ra nazorat
me’yorlarni va haqiqiy holatni taqqoslashni bildiradi. Muhit
sharoitlarining tez o‘zgarishi, bozor vaziyatlariga tez e’tibor berish
zarurligi marketing nazoratini muhim ahamiyat kasb etishiga olib keldi.
Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- maqsadlarga erishish darajasini belgilash;
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarish-
lariga qanchalik mos kelishini aniqlash.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalarida marketing xizmat-
larini tashkil qilish marketingga tayangan boshqaruv tizimini yaratishga
imkon beradi.
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan na-
zorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining
foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va
strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar,
assotsiatsiyalarning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati
samaradorligini oshirishdan iborat.
Qoidaga ko‘ra marketing faoliyatining nazorati o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
- sotishni amalga oshirish va uning imkoniyatlari ustidan nazorat;
- foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili;
- strategik nazorat va marketingning taftishi.
Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiya-
larini rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish
alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari,
147
hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va
boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish,
sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy muammolari va
istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing
tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi.
Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning
makro va mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish
samaradorligi tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama,
xodimlarni o‘z ichiga oladi.
Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning
malakasi, nazorat vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonada marketingning tashkil qilinishi o‘sishi bilan uning
ixtisoslashuviga va marketing nazoratining alohida birligini yaratishga
ehtiyoj ortib boradi.
Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan
hodisalar bo‘lishi mumkin. Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi
shart, o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch
turga bo‘lish mumkin:
1. Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat.
2. Daromad nazorati.
3. Strategik rejalar ustidan nazorat.
Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu
firmaning hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish.
Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar,
iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi.
Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani
bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |