Tovar–moddiy zaxiralar. Tovar–moddiy zaxiralar darajasi haqidagi qarorlar – xaridorlar talablarini qondirishga ta’sir etuvchi tovarlar harakati sohasidagi yana bitta qaror. Bozor ishtirokchisi firma mijozlarining hamma buyurtmalarini bajarish uchun yetarli tovar zaxiralariga ega bo‘lishni xohlaydi. Biroq firma uchun bunchalik ko‘p zaxirani saqlash rentabelli emas. Mijozlar uchun servis darajasini
311
oshirish davomida tovar–moddiy zaxiralarini saqlash xarajatlari jiddiy o‘sadi. Rahbariyat, tovar zaxiralarini ortishini oqlash uchun savdo va daromadlar yetarlicha o‘sish – o‘smasligini bilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundan keyin qo‘shimcha partiya tovarlarni qanchalik darajada buyurtma qilish masalasi hal qilinishi mumkin bo‘ladi. Masalan, “Toyota” firmasi mahsulotlari tannarxini pasaytirish omillaridan biri butun dunyoga mashhur “jit” (just in time - aniq o‘z vaqtida) tizimini qo‘llashdir. Bu ishlab chiqarishning ombordan foydalanmaydigan, uncha katta partiyalarda bo‘lmagan “kanban” signali bo‘yicha tizimi. “Jit” –bu komplektlovchi mahsulotlar omborlarini bartaraf qilish uchun kurash va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar tomonidan ideal darajada qo‘yilgan ta’minot. “Toyota” omborining “chidamlilik zaxirasi” o‘rtacha 2-3 soat, tarmoqlar qatoriga ko‘ra sal yuqoriroq– maksimum 0,5 kun. Tartibsiz omborga joylashtirish va istagancha saqlab turish, bu tashlab yuborilgan pullar, vaqt va oqilona foydalanilmagan maydon. “Toyota”ning prinsipi ana shunday.
Sotuv tizimini tashkil etish va nazorat qilish (kontrolling)
Tijorat kommunikatsiyada ishtirok etuvchi korxona, tashkilot va shaxslar tovar sotish tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Tovar va xizmatlarni tarqatishda strategik va taktik rejalarni tuzish, ularni marketing tadqiqotlari va axborotlarini to‘plash.
Sotuvni rag‘batlantirish.
Potensial iste’molchilarga o‘zaro ta’sir.
Iste’molchilar talabini o‘rganish, ularning talablariga tovarni moslashtirish.
Mahsulotlarning potensial iste’molchilarini o‘rganishda aloqa-larni tashkil etish.
Tovar harakatini tashkil etish va rejalashtirish (transport, saqlash, nazorat).
Tanlangan taqsimlash kanali bo‘yicha tovar oqimi harakati uchun moliyalashtirish.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldini olish va kafolatlash. Yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalar ishlab chiqaruvchi firma yoki
vositachi sotuvchi tashkilot orqali ham bajarilishi mumkin. Tovarlarni tarqatish kanallarini tanlash muhim bo‘lib, ko‘p jihatdan samaradorlik shu omillarga bo‘g‘liq. Sotish kanallari samaradorligi u yoki bu kanaldan foydalanganda kutilishi mumkin bo‘lgan samarani bu kanalni
312
tashkil qilish va eksplutatsiya qilishga sarf qilingan xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.
Tovarlarni sotish jarayonida qarorlarni qabul qilish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Taqsimlash qismining dastlabki muhim ko‘rsat-kichlari quyidagilar hisoblanadi:
iste’molchilar xatti-harakati;
mahsulot xususiyatlari (saqlash, muddati, sinish-sinmasligi, haj-mi va h.k);
raqobatchilarning xususiyatlari (kuchli, kuchsiz tomonlari);
ishlab chiqaruvchi korxonaning ko‘rsatkichlari;
huquqiy–ekologik omillar tahlili. (11.1.-jadval) va b.
11.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |