328
Tashkiliy xo‘jalik
Korxona, qurilish, harbiy sanoat, tadbirkorlik logistikasi.
Obyekt
shakllantiruvchi
Yakka logistika. Ommaviy, alohida qismlar logistikasi,
personal logistikasi
Logistika ma’lum xususiyatlarga qarab tavsiflanadi:
1) ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab logistika quyidagilarga
bo‘linadi:
a)
mikrologistika — bir korxonaga tegishli funksiyalarni o‘z ichiga
oladi;
b)
makrologistika ma’lum mintaqaviy logistik jarayonlari, tovar
tarqatish kanallari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, belgilovchi omillar logistik
faoliyatlarni aniq belgilaydi. Tovar harakatini mikro darajadan makro
darajaga tashkil qilish transport logistikasini talab etadi.
Omborxonalarda
tovarlarni
saqlash,
navlarga
ajratish,
iste’molchilarga tarqatish (omborxona) taxlash logistikasi faoliyatidir.
Marketing–logistikasi funksiyasi tovarni ishlab chiqaruvchidan to
iste’molchiga yetib borguncha bo‘ladigan barcha jarayonlarni
optimallashtirish chora-tadbirlaridan iborat. Marketing–logistikasi aynan
tovar tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Marketing– logistikasining vazifalari bevosita strategik vazifalar bilan
bo‘g‘liq bo‘lib, tovar tarqatishning optimal kanal va yo‘llarini topish,
omborxonalar joylashuvi, ularning hajmi, soni, faoliyatlari juda muhum
hisoblanadi.
Tovar oqimlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borishini
samarali amalga oshirish marketing–logistikasining asosiy vazifasidir.
Taktik vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
mavjud mijozlar bilan ishlash;
•
yangi mijozlarni jalb qilish bilan birga dasturlar ishlab chiqish;
•
tovar va xizmatlarni tarqatish bo‘yicha yangi tijorat takliflarini
ko‘rib chiqish va samaralisini qabul qilish;
•
buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlarni rag‘batlantirish, imtiyozlar berish;
•
muntazam ravishda nazorat qilib borish;
•
tovar zaxiralari, yangi tovarlarni taqdimot va reklama qilish,
umumiy xarajatlarning tarkibi va miqdorini aniqlash;
•
xarajatlarni nazorat qilish;
329
•
tovarlarning harakatini ta’minlashda servis xizmatlarini yaxshilash.
•
Transportirovka. Tashuvchini tanlash tovar narxlari darajasiga ham,
ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishiga ham, tovarni tayinlangan joyga
yetib kelish paytidagi ahvoliga ham ta’sir qiladi.
Tovarlarni omborlarga, dilerlarga va iste’molchilarga yuklab
berishda firma transportirovkaning beshta turidan birini tanlab olishi
mumkin:
temir yo‘l – yuklar partiyasini vagonga yoppasiga yuklab, uzoq
masofaga yetkazish uchun transportning eng oqilona turi; suv transporti –
katta hajmlarda, tez buzilmaydigan tovarlarni suv
orqali past xarajatlar bilan yetkazib berish (shakar, ko‘mir, don, bug‘doy
v.b.). Boshqa tomondan suv transporti eng sekin yuruvchi va ob-havo
ta’siriga bog‘liqdir;
avtomobil transporti – yo‘nalishlarni va harakat jadvalini tanlash nuqtayi
nazaridan eng aniq. Yuk tashish mashinalari tovarlarni jo‘natuvchini
qayta yuklash zaruratidan xolos qilib, “eshikdan eshigigacha” yetkazib
berishga qodir. Yuk tashish avtomobillari qimmatbaho tovarlarni uncha
uzoq bo‘lmagan masofaga tashish uchun qulay bo‘lgan tashish turi;
quvurlar orqali tashish – neft, kimyoviy mahsulotlarni tashish uchun
qulay; havo transporti – transportning eng qimmat va eng tez yetkazuvchi
turi, ko‘proq tez buziluvchi mahsulotlar (yangi baliq, gullar v.b.) va narxi
qimmat, uncha katta hajmda bo‘lmagan qimmatbaho buyumlarni
(asboblar, zargarlik buyumlari v.b.) tashiydi.
Tanlangan taqsimot yo‘li marketing bo‘yicha qolgan jami boshqa
yechimlarga ta’sir ko‘rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan
shartnoma tuzish, reklama xizmati, o‘z savdo nuqtalarini ochish va
hokazolar shular jumlasiga kiradi.
a)
hakllanuvchi kanallar;
b)
tarqatish kanallari;
c)
integrallashgan kanallar
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga
oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud
ayrim shaxslar majmuyidan iborat.
Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko‘pincha, teskari mutanosiblik
bilan bog‘langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish uchun
330
yuklarni tushirish bo‘limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu esa
tovarlarni yo‘lda ko‘plab zararlanishiga olib keladi va iste’molchilarning
noroziligini keltirib chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini tashkil etish
bo‘yicha qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur.
Ishlab chiqaruvchi
Maxsus firmalarga
ulgurji
Yo‘l ekspeditsiyasi
xizmati
Yo‘l ekspeditsiyasi
xizmati
Keng
assortimentdagi
ulgurji firma
Transport
xizmatlari
Maxsus ulgurji
firma
Transport korxonalari
Chakana firma
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi
Moliyalashtiruvchi
firma
Omborxonalar
Transport tarmoqlari
Chakana firma
Keng assortimentdagi
Transport korxonalari
ulgurji firma
Oxirgi iste’molchi
Omborxona
Mahsulotni taqsimlash
Oxirgi iste’molchi
Moliyalashtiruvchi
firma