314
korxonalariga va ishlab chiqarish iste’molchilariga samarali yetkazib
berish, transportirovka qilish, omborga joylashtirish, moliyalashtirish,
tavakkalchilikni qabul qilish, savdoni rag‘batlantirish kabilarda yordam
beradi.
Ulgurji savdo funksiyasini quyidagilar amalga oshira oladi: ishlab
chiqaruvchining iste’mol bozorida 40 % atrofida ulgurji savdoni
ta’minlovchi savdo idorasi yoki filiali, tijorat ulgurji firmalari (50 %
atrofida aylanma; agentlar va brokerlar (umumiy ulgurji aylanmaning 10
%).
Savdo idoralari odatda, savdo bozorlari yaqinida joylashadi va tovar
zaxiralarini saqlaydi. Filiallar savdo bilan ham, saqlash bilan ham
shug‘ullanadi. Savdo idoralari va tayyorlovchi filial orqali ulgurji savdo,
agar iste’molchilar geografik jihatdan bir joyga yig‘ilgan va shuningdek,
mahalliy ulgurji sotuvchilar bilan kelishish imkoni bo‘lmasa yoki bozor
infratuzilmasi rivojlanmagan bo‘lsa, foydali hisolanadi.
Mustaqil ulgurji tijorat tashkilotlari o‘zlari ish olib boradigan hamma
tovarlarga mulkchilik huquqini sotib oladi va sotuvdan keladigan foyda
hisobiga faoliyat yuritadi. Ulgurji tashkilotlar xizmat ko‘rsatishning to‘liq
yoki cheklangan sikliga ega bo‘lganlaridan farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikliga ega ulgurji sotuvchilar tovar
zaxiralarini saqlash, sotuvchilar bilan ta’minlash, kreditlash, tovarni
yetkazib berishni ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. O‘z xarakteriga
ko‘ra ular ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqarilgan tovarlarni
tayinlangan joyga yetkazib beruvchi distribyutorlardir.
Ulgurji sotuvchilar (dilerlar) asosan, chakana sotuvchilardan farqli
ravishda ularga to‘liq xizmat ko‘rsatgan holda iste’mol tovarlarini
sotadilar.
Ulgurji savdo – umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik
vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdoning ahamiyati:
•
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini
kengaytirib
taklif etadi;
•
katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
•
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar
bozorini chuqur o‘rganadi;
•
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi;
315
•
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa
bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar;
•
ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji
savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, hissadorlik,
qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishlari mumkin.
Ulgurji savdo bazasi –mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor
xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeyida ishlaydi.
U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga
yetkazib berish jarayonini tashkil etadi.
Tovar birjalarining ulgurji savdo bazalari faoliyatidan farqi, ular
tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor
xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladi. Agent va brokerlar
vositachilik ishini bajaradi, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yniga oladi.
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar distribyutorlari uni chakana
sotuvchilarga emas, ustuvor ravishda ishlab chiqaruvchilarga sotadilar.
Xizmat ko‘rsatish sikli cheklangan ulgurji savdo qiluvchilar o‘z
mijozlariga kamroq xizmat ko‘rsatadilar. Ular tovarni naqd hisob-kitob
bilan sotib oladigan, lekin xaridorga yetkazib bermaydigan ulgurji
sotuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: