Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi.
Ushbu strategiyani
qo‘llay borib, firma, hatto xarajatlari va uning mahsulotlariga talab
o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la olmaydi.
U raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga oladi va
unga moslashib oladi.
Narxlar urushi.
Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda
tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab
kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga kelganda
paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan
foydani kamaytiradi.
301
Do'stlaringiz bilan baham: |