Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/541
Sana16.01.2022
Hajmi4,83 Mb.
#372868
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   541
Bog'liq
fayl 1793 20210913 (1)

Tarqatma  materiallar

  -  ta’lim  oluvchilar  uchun  o‘rganilayotgan 

mavzuga  oid  asosiy  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan,  hajmi  uncha  katta 

bo‘lmagan (1-3 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. 

Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli ravishda

a) axborot beruvchi (AVTM), b) topshiriq beruvchi (TBTM), d) bilimni 

nazorat qiluvchi (BNQTM) guruhlarga ajratish mumkin. 

Tarqatma  material  – 

bu  o‘rganilayotgan  mavzuga  tegishli  uni 

puxta o‘zlashtirish uchun xizmat qiluvchi, alohida diqqat qaratish lozim 

bo‘lgan axborot va ma’lumotlar,

 

topshiriqlarni o‘z ichiga olgan matn. 




 

 

 



174 

Axborot  ko‘lami  katta  bo‘lgani  sababli  qisqa  vaqt  ichida  barcha 

axborotni  talabalarga  to‘liq  yetkazib  berish  qiyin.  Bunday  paytda 

axborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi. 

Bunda  gaplar  qisqacha  yozilgan  matnlar  bo‘lib,  darsga  tayyorgarlik 

ko‘rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish 

uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.  

Tarqatma materiallardan ko‘rgazmali qurol sifatida ham foydalanish 

mumkin.  Ayniqsa,  iqtisodiy  fanlarni  o‘rganishda  turli  jadval,  grafik, 

chizmalardan  juda  ko‘p  foydalaniladi.  Ularni  plakat  sifatida  tayyorlash 

talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari :  

-  talabalarga  raqamlarda  ifodalangan  ma’lumotlarni  og‘zaki 

yetkazish  ularni  chalkashtirib  yuborishi  bilan  birga,  eslab  qolishlariga 

ham imkon bermaydi;  

-  Miqdor  jihatdan  ko‘p  malumotlarni  doskaga  yozib,  tushuntirish 

uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o‘qituvchi bilan 

ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi. 

-  Bu  jihatdan  ko‘rgazmali  quroldan  namoyish  qilinuvchi  hamda 

tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.  

O‘qituvchi  raqamlarda,  grafik,  formulalarda  ifodalangan  axborotni 

namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham 

namoyish qilinayotgan materialga ham, qo‘llaridagi tarqatma materialga 

qarashadi.  Ma’lumotlar  talabalar  qo‘lida  bo‘lishi,  ularni  ko‘rib  turishi, 

tushunishi, anglashini osonlashtiradi. 

Tarqatma  materiallar  talabalarga  topshiriqlarni  hamkorlikda 

bajarish,  shunigdek,  o‘z  ustilarida  muntazam,  mustaqil  ishlashlarini 

ta’minlash  imkoniyatini  ham  beradi.  Ayniqsa,  buning  uchun  ishchi 

varaqalar  tayyorlanishi  va  ular  asosida  dars  jarayonida  juft  bo‘lib  yoki 

individual  tarzda  ishlashni  tashkil  qilish,  shubhasiz  talabalarni  darsga 

faol  qatnashishlarini  ta’minlaydi.  Ular  masala,  mashq,  turli  jadvallarni 

to‘ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo‘lishi mumkin. 

Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilarni bilimini tekshirish nazorat 

qilishda  ham  keng  qo‘llaniladi.  Bunda  nazorat  varaqalari  tarzida 

tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo‘lishi mumkin. 

Iqtisodiy  fanlarni  o‘rganishda  o‘z  fikrini  auditoriyaga  yetkazishda 

ko‘rgazmali  qurollar,  grafik  vositalari:  turli  jadvallar,  xaritalar, 

chizmalar,  matritsalardan  keng  foydalaniladi.  Ayniqsa  ma’lumotlarni 

diagrammalar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar orqali ifodalash muhim o‘rin 

tutadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



175 

 

Iqtisodiy  tahlilda 




Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish