Savol-javob metodini qo‘llash orqali erishiladigan natijalar
Savol-javob ko‘nikmalari yuzaki qaraganda osondek tuyuladi.
Lekin bu oson emas. Ko‘pgina umumiy o‘qitish va ijtimoiy muloqot
ko‘nikmalari savol-javob qilish ko‘nikmalari bilan bog‘liq. (Brownand
Atkins, 1988). Yaxshi savol-javob qilish ham o‘qituvchilardan, ham
tаlаbаlardan birdek uzluksiz tayyorgarlik, tajriba va mulohazani talab
qiladi. Mavzuning asosiy mazmunini savollar tuzib o‘rganish odatda
talabalarning o‘z-o‘ziga ishonchini oshiradi.
55
Uni turli usullar asosida: blits so‘rоv, kоnkurslаr o‘tkаzish,
“zаkоvаt”, “Qilni qirq yorib”, “zаnjir”, “zаif bo‘g‘in” vа bоshqа o‘yinlаr
tаrzidа “mеngа so‘z bеring”, “mеngа охirgi so‘z bеring” vа bоshqа
qаtоr usullаrni qo‘llаb o‘tkazish mumkin.
56
53
A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition.
Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge
270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton
Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN. - p. 81.
54
Methods for teaching: promoting student learning in K–12 classrooms / David A.Jacobsen, Paul Eggen and
Don Kauchak.––8th ed, 2009. р. 214, 216.
55
A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition.
Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge
270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton
Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN. P. 82.
56
Batafsil tanishish uchun qarang: Тоjiboyeva D, Yo‘ldoshev A. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Darslik.
T.: Aloqachi, 2009.
1. O‘ylashga chorlash, darsda faol
qatnashishlarini ta’minlash;
3. Egallagan bilimlarini mustahkamlash va
ma’lum bir tizimga solish;
5. Egallagan bilimlarni qay darajada ekanligini aniqlash
va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada
unga teng keladigani yo‘q.
4. Tahliliy hamda tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish, izlanishga yo‘naltirish;
2. Mantiqiy fikrlashga yo‘naltirish, yan-gi
o‘quv materiali bilan tanishtirish;
Savol-javob metodini qo‘llash orqali o‘quvchi-talabalarni:
101
Og‘zaki javobga asoslangan keng qo‘llaniladigan yana bir metod,
suhbat metodidir. Bu metod odatda, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda,
maslahat darslarida keng qo‘llaniladi. Bunda bilim o‘qituvchi tomonidan
ma’lum bir tizimga solingan holda tushunarli, o‘quvchi-talabalar
ruhiyatiga ta’sir etadigan tarzda yetkaziladi.
Suhbat didaktik jarayondagi eng ko‘hna metodlardan hisoblanadi.
Suhbat - unda qatnashuvchilarda bilim olishga, o‘qish, o‘rganishga istak
tug‘diradi. Shu bois u keng tarqalgan.
Suhbat
- dialog (yunoncha: dialog – ikki) yoki polilog, ya’ni bir
necha kishilar orasidagi so‘zlashuv, ta’lim berish va o‘rganishning savol
– javob tarzida bo‘lib, u savol-javob metodidan qo‘yilgan savolga
javobning atroflicha keng qamrovli bo‘lishi bilan ajralib turadi. Suhbаt
mеtоdi o‘qituvchi tоmоnidаn sinchiklаb, diqqаt bilаn tаyyorlаngаn
sаvоllаr tizimi оrqаli o‘quvchi-tаlаbаlаrni yangi mаtеriаlni tushunishgа,
o‘rgаngаnlаrini o‘zlаshtirishgа yoki qаy dаrаjаdа o‘zlаshtirilgаnini
аniqlаshgа qаrаtilаdi. Bundа sаvоllаr butun guruh оldigа qo‘yilаdi. Bu
psiхоlоgik jihаtdаn kаttа аhаmiyatgа egа, sаbаbi jаvоbgа butun guruh
tаyyorlаnаdi. Аgаr iхtiyoriy rаvishdа jаvоb bo‘lmаsа, 10-15 sеkundlik
pаuzаdаn so‘ng o‘quvchi-tаlаbаlаrdаn fаmiliyasi bo‘yichа chаqirilаdi.
Аgаr u jаvоb bеrishgа qiynаlsа, undаn jаvоbni “sug‘urib” оlishning
kеrаgi yo‘q - yaхshisi bоshqаsini chаqirgаn mа’qul.
Suhbat metodini buyuk fаylаsuf Suqrot nihoyatda mohirlik bilan
qo‘llagan. Bu metod turli jihatdan qaraganda ham samarali bo‘lib,
qo‘yilgan savollar orqali talabalarning xotirasidagi passiv bilimlarni
faollashtiradi, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, mustaqil fikr yuritish orqali
xulosa chiqarish va umumlashtirishga o‘rgatadi. Talabani o‘qituvchi
fikrini ilg‘ash, uni davom ettirishga yo‘naltiradi. Maksimal darajada
tafakkurni faollashtirish bilan birga olingan bilimni diagnostika qilish
vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Suhbat:
a) talabalarni bilim olish, o‘qish-o‘rganishga chorlovchi
(kirish); b) bilim beruvchi; d) bilimlarni mustahkamlashga; e) bilimni
nazorat qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Suhbat uslubini qo‘llashda
savollarni qo‘yish (asosiy, qo‘shimcha, yo‘llovchi va boshqalar),
o‘quvchi-talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish,
suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |