Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/541
Sana16.01.2022
Hajmi4,83 Mb.
#372868
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   541
Bog'liq
fayl 1793 20210913 (1)

noto‘g‘ri  hisoblash: 

ko‘pchilik 

hollarda  bu  bandlik  jamg‘armasiga  to‘lovlar,  reklama  uchun  soliq, 

hamkorlik faoliyati shartnomalariga asosan olingan mablag‘lar bo‘yicha 

qo‘shilgan qiymat solig‘iga taalluqlidir. 

Bundan  tashqari  har  bir  mavzuni  o‘rganish  jarayonida  ham 

o‘qituvchi  eng  ko‘p  sodir  etiladigan  xato  va  kamchiliklarga  e’tibor 

berishi  kerak.  Masalan,  “Ishlab  chiqarish  xarajatlari,  davr  xarajatlari  va 

moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar”da:  

*  dastlabki  kirim  hujjatlarining  yo‘qligi  yoki  ular  belgilangan 

tartiblarga rioya qilmagan holda rasmiylashtirilishi; 

*  xarajatlarning  ayrim  turlari  mahsulot  tannarxiga  noto‘g‘ri 

o‘tkazilishi; 

* tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlari noto‘g‘ri baholanishi; 

*  xarajatlar hisob davrlari bo‘yicha noto‘g‘ri ajratilishi; 

*  xarajatlarni  hisobga    olish    va    taqsimlash  bo‘yicha    usul  va 

uslublar hisob siyosatida aks ettirilgan uslublarga nomuvofiqligi; 

*  ayrim  turlardagi  xarajatlar  asossiz  holda  tannarxga  kiritilishini 

ko‘rsatish mumkin. 

Yoki “Moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydadan foydalanish” 

bo‘yicha  xo‘jalik  operatsiyalarini  auditorlik  tekshiruvida  odatda  yo‘l 

qo‘yiladigan xatolar ko‘pincha quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

*  moliyaviy  xarajatlar  tarkibiga 

soliq 

va  boshqa  nazorat  qiluvchi 

idoralar tomonidan qo‘llangan jarima summalarini kiritish; 

*  boshqa  daromadlar,  moliyaviy  faoliyat  bo‘yicha  daromadlar  va 

xarajatlarni 

aks 


ettirilishida 

hisobvaraqlar 

noto‘g‘ri 

korrespondentlanishi;  

*  foydadan      qonunchilikda      ko‘zda      tutilmagan      maqsadlar   

uchun foydalanish.  

Audit  fanini  o‘rganishda  markazda 

auditor

  shaxsi  turar  ekan, 

demak  aynan  ana  shu  auditorlik  mutaxassisligini  egallamoqchi  bo‘lgan 

o‘quvchi-talabalarning  aqlini  charxlaydigan  metodlarni  qo‘llash  zarur. 

Mavzuni  o‘rganish  uchun  tayyorlangan  masala  va  mashqlar,  turli 

topshiriqlar  mazmunida  ana  shu  xatolar  yashiringan  bo‘lishi  va  ular 

talabalar  tomonidan  aniqlanishi  ko‘zda  tutilgan  bo‘lishi  zarur.  Bu 

jihatdan  hujjatlashtirish,  hisob-kitobni  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilganini  yoki 

xatolarni  aniqlashni  o‘rgatadigan  metodlar  fanni  o‘rganishda  muhim 



 

 

 



282 

ahamiyatga  ega.  O‘qituvchi  tomonidan  ataylab  kamchiliklar  bilan 

to‘ldirilgan  hujjat  yoki  hisob-kitobni  xatosini  topishga  qaratilgan 

topshiriqlar  tayyorlab,  darsda  qo‘llash  alohida  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bunday topshiriqlarni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llasa bo‘ladi. 

Ayniqsa,  modellashtiruvchi  o‘yinlar  tashkil  qilib,  dars  jarayonida 

qo‘llash  mumkin.  Ana  shunday  topshiriqlar  asosida  darsni  kichik 

guruhlarga bo‘lib o‘tish mumkin.  

Auditor  uchun  audit  natijalarini  auditorlik    hisoboti  tayyorlash  va 

auditorlik xulosasi yozishni bilish ham muhim ahamiyatga ega.   

Shuning uchun “Auditorlik xulosasi” yozish bo‘yicha 

esse

 metodini 

qo‘llagan  ma’qul.  Metodni  qo‘llab  dars  o‘tish  uchun kichik  guruhlarga 

o‘qituvchi  korxonani  tekshirib,  tayyorlangan  auditorlik  hisobotini 

tarqatadi. 

Hisobotni  o‘qib,  uning  asosida  auditorlik  xulosasi  yozishni  taklif 

qiladi.  Auditorlik  xulosasi  ijobiy  yoki  salbiy  bo‘lishi,  auditorlik 

xulosasini  yozishdan  bosh  tortishi  mumkin.  Ana  shularni  talabalar 

yodiga  solib,  auditorlik  hisobotini  sinchiklab  o‘qib  chiqish  so‘ngra 

kichik  guruhda  muhokama  qilib,  auditorlik  xulosasi  yozish  kerakligi 

uqtiriladi.  

Buning uchun 20 minut vaqt beriladi. Amalga oshirilgan auditorlik 

tekshiruvi  natijalari  bo‘yicha  auditor  auditorlik  hisoboti  va  auditorlik 

xulosasini  tayyorlashi  lozim.  Boshqa  turdagi  auditorlik  xizmatlari 

ko‘rsatilganda ham auditorlik hisoboti tayyorlanishi mumkin. 


Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish