Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni


Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga quyidagi



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/541
Sana16.01.2022
Hajmi4,83 Mb.
#372868
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   541
Bog'liq
fayl 1793 20210913 (1)

Iqtisodiy fanlardan ma’ruza o‘qish o‘qituvchi oldiga quyidagi 

vazifalarni qo‘yadi: 

 



 

 

 



215 

Ikkinchidаn,

  аuditоriyadа  tаlаbаlаrni  o‘zini  tutishi,  аyniqsа, 

o‘qituvchining оbro‘sigа  putur  yеtkаzаdigаn qiliqlаr qilаdigаn, hаttоki 

mа’ruzаni  bаrbоd  qilаdigаn  dаrаjаgаchа  оlib  bоrаdigаnlаrgа  duch 

kеlishi mumkin. 

Shuning  uchun  hаm  vаziyatgа  ko‘rа  qаrоr  qаbul  qilish  nihоyatdа 

muhim  аhаmiyatgа  egа.  O‘qituvchi  sinf,  auditoriyani  boshqarish  uchun 

doimo  kuzatib  turishi,  agarda  o‘quvchi-talabalarning  diqqatlari 

susayguday 

bo‘lsa,  so‘z  ohangini  o‘zgartirib,  unga  ko‘proq 

emotsionallik  berishi,  savol  yoki  muammo  qo‘yishi,  hazil-mutoyiba 

qilishi  va  boshqalar  bilan  diqqatni  jalb  etish  kerak.  Buni  avvaldan 

o‘ylab,  texnologik  xaritaga  ham  kiritib  qo‘yishi  kerak.  Har  bir 

o‘qituvchining  vazifasi  tayyor  topshiriqni  berishgina  emas,  balki 

mustaqil ravishda uni tayyorlashni o‘rgatishdir.  Ma’ruzaning  ijtimoiy-

iqtisodiy  yo‘nalishi  uning  ilmiyligi  bilan  bog‘liq.  Ma’ruzachi  real 

hayotning 

obyektiv 

tahliliga, 

iqtisodiy 

taraqqiyotning 

asosiy 


qonuniyatlariga,  iqtisodiy  hodisalar  va  xo‘jalik  hayotining  omillari 

o‘rtasidagi  ichki  bog‘lanishlarni  aniqlashga,  tahlil  qilishga  asoslanishi 

kerak. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Psixologlarning  kuzatishlaricha  bilish,  o‘rganish  jarayoni  fikrlar 

qarama-qarshiligi  asosiga  qurilsa,  samarali  bo‘ladi.  Ilmiy  munozara 

talabalar  uchun  ijodiy  muhit  yaratadi.  Iqtisodchi-pedagoglar  uchun 

mo‘ljallangan  ma’ruzada  munozarali  savollarni  qo‘yish,  turli  nuqtai 

nazarlarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o‘zi ma’lum 

bir  nuqtai  nazarni  qo‘llab-quvvatlar  ekan,  talabalarga  ham  ana  shu 

qarash  to‘g‘riligini  tushuntirishi,  auditoriyani  ishontirishi  kerak.

 

Ma’ruzaning  ilmiyligi  materialni  bayon  qilishning  izchilligi, 



savollarni  aniq,  tushunarli  qo‘yilishini  ko‘zda  tutadi.  Ilmiy-iqtisodiy 

jarayonlar,  iqtisodiy  hayotni  tahlil  qilishda  tarixiylik  va  mantiqiylikka 

amal qilishni talab etadi. 

 

 



 

 

 



 

 

Ma’ruzaga  tayyorlanish  jarayonida  o‘qituvchi  mavzu  bo‘yicha 



savollarni  qanday  bayon  qilishni,  qanday  uslublar  qo‘llashini  ko‘z 

o‘ngiga  keltirishi  kerak.  Ana  shundagina  mavzu  bo‘yicha  adabiyotlar, 

zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlashi mumkin. O‘qituvchi, zarur dalillar, 

ma’lumotlarga  ega  bo‘lsada,  ularni  ishonarli,  asoslangan  holda  bayon 

qilmasa fandagi dolzarb savollarga javob berishdan chetlab o‘tishi yoki 

chetga chiqishi mumkin. Bu hol talabalarda ma’ruzadan qoniqmaslikka, 

uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushirishga olib keladi.  

 

Nazariya  bilan  amaliyotning  o‘zaro  bog‘lanishi  nihoyatda 




 

 

 



216 

murakkab  jarayon.  U  turli-tuman:  ichki,  tashqi,  bilvosita  va  bevosita, 

muhim  va  uncha  muhim  bo‘lmagan  omillar  bilan  aniqlanadi.  Shuning 

uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayonlarni chuqur 

tahlil  qilishni  bilish,  u  yoki  bu  hodisani  rivojlanishining  asosiy 

tendensiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turli-tuman misollar 

bilan cheklanish yaramaydi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



Nazariyani  asoslash  uchun  xo‘jalik  hayotidagi  turli-tuman 

hodisalarni  ijobiy  yoki  salbiy  misol  sifatida  keltirish  unchalik  qiyin 

emas.  Lekin  real  voqelikni  noto‘g‘ri  ko‘rsatish,  faqat  yuzaki  tashqi 

aloqalarni  takidlash  bilan  cheklanish  yaramaydi.  Ular  masalaning 

mohiyatini  ifodalamaydi  va  ochib  bermaydi.  Ma’ruzada  materialni  qay 

tarzda bayon qilinishiga qarab dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy 

qoidalar - aniq faoliyat uchun amaliy xulosalarga kelish tarzida berilishi 

mumkin.  Induktiv  metodda  ma’ruza  ko‘pincha  qiziqarli,  ko‘zga 

tashlanadigan  fakt  yoki  misoldan,  ayniqsa,  shu  kunning  biron  dolzarb 

masalasi  bo‘lgan,  auditoriyaning  diqqatini  jalb  qiladigan  masaladan 

boshlanadi. Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket 

umumiy xulosa  chiqarishga o‘rganish imkonini beradi. Ularni  mustaqil 

fikrlashga o‘rgatadi.  Deduktiv  metodda  esa  ma’ruza  umumiy  nazariy 

masalalardan  boshlanadi.  Bu  metod  iqtisodiy  fanlarning  umumiy 

qonunlari,  qoidalarini  real  hayotga  tatbiq  qilish,  amaliyotda  ko‘rish  va 

baholash,  xo‘jalik  hayotida  qo‘llash,  iqtisodiy  hayot  hodisalari, 

jarayonlarini,  xo‘jalik  yuritish  siyosatini  chuqurroq  tushunish  imkonini 

beradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ma’ruza ham induktiv, ham deduktiv 

metod  asosida  olib  borilsa  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Avval  ishchi 

gipoteza, taklif shaklida auditoriyaga umumiy savol tashlanadi, so‘ngra 

talabalarni mulohazalari dalillari, faktlari tahlil ma’lumotlari shu savolga 

to‘g‘ri kelishi birgalikda muhokama qilinadi, xulosalar chiqariladi.  

 

Bu  holda  ma’ruza-asosiy  g‘oya,  uni  dalillar  asosida  tasdiqlash  - 



xususiy  savollarni  izchillikda  bayon  qilish,  deduktiv  metodda 

mavzuning umumiy xarakteristikasini berish tarzida tuziladi.  

 

 

Ma’ruzaning  samarasini  oshirishda  ko‘rgazmali  qurollar  (jadval, 



sxema, diagramma, grafik kabilar)ning ahamiyati kattadir. Ko‘rgazmali 

qurollar  orqali  axborotni  qabul  qilish,  mavzuni  chuqurroq  tushunishga, 

o‘quv  materialini  xotirada  uzoq  saqlanishiga  yordam  beradi.  Lekin 

ko‘rgazmali  qurollarga  haddan  tashqari  berilib  ketish  ham  kerak  emas, 

chunki  auditoriya  bilan  muloqot  yo‘qoladi  va  natijada  ma’ruzaning 

samarasi  pasayadi.  Ammo  tanlab  olingan,  tayyorlangan  ko‘rgazmali 




 

 

 



217 

qurollar so‘zsiz ma’ruza samarasini anchagina oshiradi.  

 

 

 



Ma’ruzaga iloji boricha talabalar diqqatini qaratish kerak. Buning 

uchun  ma’ruzaning  kirish  yoki  uning  asosiy  qismida  masalaning 

mohiyatini ochib berishga qaratilgan savol qo‘yish maqsadga muvofiq. 

Pedagoglar  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  o‘qituvchining  mavzuni  bayon 

qilishidan avval yoki bayon qilish jarayonida savol qo‘yishi, uni bayon 

qilib  bo‘lgach,  qo‘yilgan  savoliga  qaraganda  to‘liqroq,  yaxshiroq 

natijaga  olib  kelar  ekan.  Chunki  ilgari  qo‘yilgan  savol  talabani  javob 

qanday bo‘lishi kerak, deb o‘ylantira boshlaydi va javobni o‘qituvchidan 

eshitishga diqqatini qaratadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



Ikkinchidan,  ma’ruza  boshlanganidan  20  daqiqacha  vaqt  o‘tgach, 

talabalar  diqqati  susayadi.  Buni  hisobga  olib,  har  15-20  daqiqada  yoki 

har  bir  uzviy  savolni  bayon  qilishda  turli  metodlardan  foydalanish, 

talabalar diqqatini jalb qiladigan savollar tashlash maqsadga muvofiqdir. 

 

Dars  berish  jarayonida  misol  keltirganda  guruhdagi  talabalarga 



bevosita misollar keltirishi diqqatni o‘ziga jalb qiladi. Masalan, “Odiljon 

bilan  Erkinjon  biznes  bilan  shug‘ullanishmoqchi,  lekin  ishni  nimadan 

boshlashni  o‘ylanib  turishibdi.  Sizningcha,  ular  nimadan  ish  boshlashi 

kerak?”,  “Dilbar  doimiy  o‘rtacha  xarajatlar  mahsulot  ishlab  chiqarish 

hajmi  ortgan  sayin  kamayib  boradi,  deydi,  Dinora  esa  yo‘q, 

o‘zgarmaydi,  deydi.  Sizningcha  ularning  qaysi  biri  haq?”  singari 

murojaatlar jonli muloqotga boshlaydi.  

 

 



 

 

 



 

Boshqa  o‘quv  shakllariga  qaraganda  ma’ruzachining  ma’ruzasini 

his-hayajon,  jo‘shqinlik  bilan  bayon  etishi  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Ma’ruzachi  his-hayajonini  o‘zgartirish,  mimikasi  orqali  talabalarni 

darsga qiziqishini kuchaytirishi yoki aksincha, susaytirishi mumkin. 

 

1.  Ma’ruzaning  emotsional  ta’siri  o‘qituvchining  ma’ruza 



materialini  erkin  bayon  qilishi  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liq.  Erkin 

bayon  qilish  orqali  auditoriya  bilan  bog‘lanish  yaxshilanadi. 

Talabalarning aks tasirini kuzatish imkoni vujudga keladi. Og‘zaki nutq 

xususiyatlari, ya’ni dialogdan foydalanish mumkin bo‘ladi.  Aksincha, 

ma’ruza  matniga  qarayverish  auditoriya  bilan  kontakt  o‘rnatishni 

qiyinlashtiradi, uni buzadi, chunki yozma nutq, odatda, monolog tarzida 

bo‘ladi.  Bu  yerda  gap  faqat  ma’ruzachining  tayyorlangan  materialni 

erkin  egallagan  bo‘lishi,  matnni  zerikarli  tarzda  o‘qimasligi  haqida 

bormoqda.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

2.  Og‘zaki  nutq,  ya’ni  ma’ruza  tushunarli,  eshitib,  qabul  qilishga 



oson, qisqa jumlalardan tuzilgan bo‘lishi kerak, chunki uzun, murakkab 


 

 

 



218 

jumlalar  fikrni  xiralashtiradi.  O‘qituvchi  bayon  qilinayotgan  materialni 

yaxshi  bilishidan  tashqari  o‘z  ovozini  ham  nazorat  qilishi  zarur. 

Intonatsiyani goh baland, goh past qilib nutq o‘zgartirish orqali talabalar 

diqqatini  tortish,  o‘z  vaqtida  pauza  va  boshqa  intonatsiyalardan  ham 

foydalanish zarur.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

3.  Ma’ruzachi  o‘zining  tashqi  ko‘rinishiga  ham  e’tibor  berishni 

yoddan chiqarmasligi zarur.  

 

 



 

 

 



 

 

 



4.  Ma’lumki,  ma’ruzaning  jo‘shqinligi,  ma’lum  darajada  uning 

yorqinligiga  bog‘liq.  Jo‘shqin,  ma’noli  nutq  faqat  aniq,  misollar 

bilangina  emas,  balki  maqol,  matal,  badiiy  obrazlar  bilan  boyitilishi 

zarur. Bu hol ma’ruzani qiziqarli qilib, talabalar diqqatini jalb etadi.  

 

Shunday  qanotli  so‘zlar  ham  bo‘ladiki,  ular  nihoyatda  ajablanarli 



darajada  nishonga  tegishi  bilan  murakkab  hodisalar  mohiyatini  ochib 

beradi. Faqat ana shu badiiy so‘z, maqollar, matallar bayon qilinayotgan 

material  bilan  bir  butunlikni  tashkil  qilishi  zarur.  Masalan,  me’yoriy 

naflilikni  tushuntirganda  talabalarga  “Me’yoriy  naflilik  mazmunini 

ifodalovchi  qanday  maqolni  bilasiz?”  -  deb  murojaat  qilish  yoki 

“Naflilikni  darajasi  pasayib  borishi  qonunini  ifodalovchi  qanday 

maqolni  bilasiz?  Naflilik  tovarning  narxini  shakllanishida  qanday  rol 

o‘ynaydi?”  yoki  “Hisobini  bilmagan  -  hamyonidan  ayrilar”  maqoli 

nimaga  ishora  qilyapti?  deb  murojaat  qilish  mumkin.  Birinchisida 

talabalardan  “holvaning  ozi  shirin”,  ikkinchisida  “oldingdan  oqqan 

suvning  qadri  yo‘q”,  uchinchisida,  “hisob-kitobning  naqadar  muhim 

ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi” javobini olishga ahamiyat berish 

yoki maqolni bayon qilib, uni bayonini talabalar bilan birgalikda naflilik 

nazariyasi  bilan  yoki  xarajatlar,  foyda  va  boshqalar  hisob-kitobi  bilan 

bog‘lash mumkin.    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

5.  Ma’ruzaning  to‘g‘ri  tuzilishi,  darsning  har  bir  minutidan 

samarali foydalanish mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatini taminlaydi.  

 

6.  Auditoriya  bilan  “qayta  aloqa”  o‘rnatishda  talabalarning  savoli 



va  o‘qituvchining  javobi  muhim  rol  o‘ynaydi.  Odatda,  ko‘pincha 

ma’ruzaning  oxirida  savollarga  vaqt  ajratiladi,  lekin  bu  ma’ruza 

jarayonida  savol  berilmaydi,  degani  emas.  Savollarga  javob  berganda 

javobning  qisqa,  asoslangan  bo‘lishiga  ahamiyat  berish  kerak.  Agar 

savol  qo‘shimcha  dalillarni  talab  etadigan  bo‘lsa,  buni  ochiq  aytish 

mumkin,  (aytaylik,  statistik  ma’lumotlar  shu  daqiqada  yo‘q  bo‘lsa) 

sababini  ko‘rsatib,  kelgusi  darsda  javob  berishga  va’da  qilsa,  buning 

aybi yo‘q. Agar savol induvidual tarzda bo‘lsa, ma’ruzadan so‘ng yoki 




 

 

 



219 

maslahat darsida javob berish mumkin.  

 

 

 



 

 

 



Savol-javobda  o‘qituvchining  nutq  ohangidan  doimo  xayrixohlik 

sezilib turishi, savoldan salbiy munosabat  sezilmasligi  kerak, aks holda 

auditoriyaning ishonchi yo‘qoladi.  

 

 



 

 

 



 

 

7. Har qanday sharoitda (tashqaridagi shovqin-suron, eshik ortidagi 



g‘ala-g‘ovur, qurilish va hokazo) o‘qituvchi o‘zini tuta bilishi lozim.  

 

8.  Nutqda  taqliddan  qochish,  bir  gapni  bir  necha  marta 



takrorlamaslik kerak.  9.  Nutqda  siyqasi  chiqqan  so‘zlarni  imkon  qadar 

ishlatmaslik zarur. 

Mа’ruzаni  bаyon  qilishdа  tovushlarning  o‘rni, 

mimikа,  qo‘shimchа  qo‘l  hаrаkаtlаri  muhim  rоl  o‘ynаgаni  uchun  оynа 

оldidа,  diktоfоn  yordаmidа  vаqtni  bеlgilаgаn  hоldа  mаshq  qilish  kаttа 

yordаm  bеrаdi.  Hоzirgi  pаytdа  kоmpyutеr,  qo‘l  tеlеfоnlаrining 

imkоniyatlаrini  kаttа  ekаnligini  hisоbgа  оlаdigаn  bo‘lsаk,  mа’ruzаni 

yozib оlib, so‘ngrа uni ko‘rib, kаmchiliklаrini to‘g‘rilаsh imkоni kеng. 

 

Ma’ruza  o‘qishda  darslikda  yaxshi  yoritilmagan  qismlariga, 



masalalarga  alohida  diqqat  qaratish  kerak.  Ularni  ajratib  yozdirish,  har 

bir savolni intonatsiya bilan ajratib ko‘rsatish, harbir savolda asosiylarni 

(eslab qolish lozim bo‘lganlarni), ikkinchi darajalilarni (namoyish etish 

uchun),  qiziqarli  va  qiziqarli  emaslarni  (qiziqarli  ko‘rsatish)  maqsadga 

muvofiq.  Murakkab  va  oddiylarni  (ahamiyat  berib)  ajratib  ko‘rsatish, 

atamalarni aniq talaffuz etish va doskaga yozish, har bir haqiqatni har bir 

o‘quvchiga yetib borishiga erishish, auditoriya munosabatini his etish va 

tushunish,  ma’ruzaning  har  bir  kichik  qismidan  so‘ng  iloji  boricha 

teskari aloqa tamoyilidan  foydalanish muhim ahamiyatga ega.  

 

 



Аgаr  tехnik  yo‘nаlishdаgi  o‘quv  yurtlаridа  mutахаssislik 

fаnlаridаn zаrur bo‘lgаndа tаjribаlаr nаmоyish qilinsа iqtisоdiy fаnlаrdа 

ko‘prоq  mаvzugа  tеgishli  qаbul  qilingаn  qоnunlаr,  mе’yoriy  hujjаtlаr, 

yo‘riqnоmаlаrni o‘rgаnishgа diqqаt  qаrаtilаdi.    

 

 

 



 

Albatta,  ideal  tarzda  ma’ruza  o‘qib  bo‘lmaydi.  Lekin  har  bir 

o‘qituvchi  o‘zining  barcha  imkoniyatini,  mahoratini  ishga  solib,  dars 

o‘tishi  shubhasiz,  ma’ruzaning  ijobiy  tomonlarini  ustun  bo‘lishiga  olib 

keladi. 


Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish