xarajatlari dinamikasini ifodalaydi. Tarmoqning yalpi taklifini shu tarmoqdagi turli firmalarning
o’rtacha xarajatlarini ifodalovchi egri chiziq xarakterlaydi.
Monopsonist uchun taklif egri chizig’i tarmoqning o’rtacha xarajatlari egri chizig’idir.
AS — egri chizig’ining har qanday nuqtasi monopsonistning ma’lum miqdorda tovar sotib olishi
uchun taklif etilgan narx darajasiga to’g’ri keladi.
Monopsonist uchun taklif narxi:
a) kamayib boruvchi; v) o’sib boruvchi bo’lishi mumkin.
Mukammal raqobatdan nomukammal raqobatga (xaridor tomonidan) o’tilish bilan taklif
egri chizig’i gorizontal holatini o’zgartirib, shakli tarmoqning o’rtacha xarajatlari (AS) egri
chizig’i shaklini oladi.
Birinchi holda monopsonist texnologik
darajasi nisbatan yuqori, uning xarajatlari
kamayib boruvchi tendentsiyaga ega firmalar bilan ish yuritadi. Ikkinchi holda monopsonist
o’rtacha xarajatlari o’sib borayotgan firmalarning mahsulotlarini sotib olishini ifodalaydi.
Shunday qilib, monopsonist sotib olayotgan mahsulotga taklif narxi pasayib boruvchi
yoki o’sib boruvchi bo’lishi mumkin. Shunga qarab monopsonistning sotib olish narxi ham
o’zgaradi. MS—monopsonistning me’yoriy xarajatlari (ya’ni, sotib olish narxi), AS — ishlab
chiqaruvchilarning o’rtacha xarajatlari (ya’ni, sotish narxi), DD — talab (olingan tovar) miqdori.
Birinchi holda har bir qo’shimcha birlik mahsulotni sotib olish
uchun monopsonist olish
narxini pasaytiradi, uning mahsulot sotib olish uchun me’yoriy xarajatlari pasayib boradi.
Monop-sonist tomonidan sotib olinayotgan tovarga to’langan pul, uning xarajatlari hisoblanadi.
U holda MS egri chiziq AS egri chizig’iga nisbatan pastroqda joylashadi.
Nima sababdan shunday bo’ladi? Monopsonist tovarlarni sotib olar ekan, ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida o’z tovarini sotish uchun raqobatdan foydalanib tovarni sotib olishim
mumkin, lekin arzonroq deb o’z shartini qo’yadi.
Bunda E nuqta MS (me’yoriy xarajatlar) bilan D1 D1 monopsonist xaridorning talabi
(me’yoriy daromadi MR yoki me’yoriy naf-liligi) kesishgan nuqta. Shu
miqdordagi taklif
bo’yicha narxni topish uchun taklif egri chizig’i AS (o’rtacha xarajatlar)gacha vertikal
o’tkazamiz. AS taklif bilan shu vertikal bo’yicha uchrashgan taklif E1 nuqta bo’lib, unga Q1
miqdor va R1 narx to’g’ri keladi. Bu narx avvalgi R0 narxdan arzon. Sotib olingan tovar hajmi
avvalgisidan ko’p.
Q1>Q0; P1
Ikkinchi holda monopsonist o’sib boruvchi taklif narxi bilan, ya’ni tovar sotib olish
uchun me’yoriy xarajatlarni o’sib borishi bilan to’qnashadi. Bunda ham birinchi holda
ko’rganimizdek MS bilan D1D2 E nuqtada kesishadi. Lekin bu erda MS (me’yoriy xarajatlar)
AS o’rtacha
xarajatlardan yuqori, E nuqta bo’yicha AS ga vertikal chiziq o’tkazsak, talab
bo’yicha E1 nuqtani topamiz, u Q0 miqdorga va R1 narxga to’g’ri keladi. Bunda Q1
P1
Monopsonist xarajatlari yuqori bo’lgan firmalardan tovar sotib olganda, har bir
qo’shimcha sotib olingan tovarga oshib borayotgan narx bo’yicha pul to’lashi mumkin, lekin u
kam miqdorda sotib olaman degan shart qo’yadi. Natijada tovarga belgilangan R1 narx
mukammal raqobat sharoitida sotish mumkin bo’lgan R0 narxdan past. Bunga u mukammal
raqobat sharoitida sotish mumkin bo’lgan miqdorni kamaytirish orqali erishadi. Xarid hajmini
monopsonist o’zining xarajatlaridan kelib chiqib belgilaydi va har
ikki holatda ham narxni
mukammal raqobat sharoitiga qaraganda past belgilanishiga erishadi.