Testlar
1. «Mukammal raqobatdosh firma» tushunchasi bu firma:
a) o’z raqiblari bilan raqobatning faqat qonuniy metodlarini qo’llashni;
b) bozor bahosi shakllanishiga ta’sir o’tkazmasligini;
v) bozorni egallash uchun har qanday metodlarni qo’llashni;
g) raqobatda o’zi uchun ko’zlagan bahosini o’rnatishga
erishishni;
d) o’z raqiblari bilan halol raqobat kurashi olib borishini anglatadi.
2. Agar firma mukammal raqobatli bozorda faoliyat yuritar ekan, o’z mahsulotini taklifini
qisqartirsa, u holda:
a) mahsulotni bozor bahosini pasayishiga
olib keladi;
b) taklifni kamaytiradi, mahsulot narxini ko’taradi;
v) mahsulotning bozor bahosini o’sishiga olib keladi;
g) bozorga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi;
d) taklifni ko’paytiradi, mahsulot narxini pasaytiradi.
3. Quyidagi bozorlardan qaysi birlarini mukammal raqobatga asoslangan bozorga kiritish
mumkin?
a) avtomobil, velosiped bozori;
b) muzlatkich,
televizor bozori;
v) dehkon bozori, qimmatli qog’ozlar bozori;
g) axborot, intellektual mulk bozori;
d) ko’chmas mulk bozori.
4. Tabiiy monopoliyaga ... misol bo’la oladi.
a) OPEK – xalqaro neft karteli;
b) Fallabank;
v) «Sharq» matbaa
ishlab chiqarish kontserni;
g) IBM kompaniyasi;
d) Toshkent metropoliteni.
5. Aytaylik monopolist 10 birlik tovarini 10000 so’mdan sota oladi. 11- tovarni sotish esa
uni bahosini 9950 so’mga tushishga olib keladi. Bunda me’yoriy daromad sotish hajmini 10dan
11gacha o’sishi evaziga
a) 10000;
b) 9950;
v) 9450;
g) 9400;
d) 10995 teng bo’ladi.
6. O’zbekiston iqtisodiyotida ko’pchilik bozor:
a) mukammal raqobatga asoslanadi;
b) tartibga solib bo’lmaydigan
monopoliya;
v) tartibga solinadigan monopoliya;
g) muayyan raqobatga va monopolistik bozorga xos elementlarga xos;
d) tabiiy monopoliyalardan iborat.
7. Oligopoliya – bu. . .
a) bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi ko’plab firmalar;
b) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchi ko’plab raqobatdosh firmalar;
v) bir necha
yirik raqobatdosh firmalar;
g) bitta yirik firma;
d) yagona yirik iste’molchi kompaniya.
8. Birinchi bo’lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan iqtisodchi – bu . . .
a) Ogyusten Kurno;
b) Edvard Chemberlen;
v) Joan Robinson;
g)
Jon Gelbreyt;
d) Alfred Marshall.
9. Mukammal va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umumiy tomoni
a) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaradi;
b) bozorda sotuvchi va xaridorlar soni ko’p;
v) har bir firma o’z mahsulotiga talab egri chizig’i gorizontal bo’lgan sharoitga duch
keladi;
g) bir turdagi tovarlar ishlab chiqarishadi;
d) har bir firma o’z raqiblarini reaktsiyasiga ko’ra ish tutadi.
10. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozor bilan quyidagi tomonlari bilan
o’xshash
a) tarmoqqa kirish uchun to’siklar yo’qligi;
b) firmalar uchun strategik yo’nalish xos;
v) uncha ko’p bo’lmagan
sotuvchilar ish yuritishadi;
g) firmalar bozorda hukmron rol o’ynaydi;
d) firmalar tarmoqdan to’siqlarsiz chiqib ketadi
11. Kartel bitimini buzish uchun urinish shuncha kam bo’ladi, qachonki:
a) bitimni buzilishi va uni aniqlash o’rtasida uzoq vaqt o’tishi;
b) bitimga rioya qilinmagani sezilmaslik ehtimoli yuqori bo’lsa;
v) diskontlash koeffitsienti yuqori bo’lsa;
g) kartel a’zolari o’rtasida xarajatlar teng bo’lsa;
d) kartel bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tartibga solganda.
12. Tarmoqda 40ta firma bo’lib, ulardan hech biriga umumiy ishlab chiqarish hajmining
3%dan ortig’i to’g’ri kelmaydi. Mahsulot bozorda tabaqalashgan hisoblanadi. Bunday tarmoq:
a) monopolistik raqobatga;
b) sof monopoliyaga;
v)
mukammal raqobatga;
g) oligopoliyaga;
d) monopsoniyaga misol bo’la oladi.
13. Oligopoliyani boshqa bozor modellariga nisbatan tahlil qilish qiyin, sababi a) firmalar
soni shuncha ko’pki, ularni nima qilishini aniqlik bilan aytib bo’lmaydi;
b) me’yoriy xarajat va me’yoriy tushum egri chiziqlari oligopoliyalar uchun muvozanatli
narxni va miqdorni aniqlashda hech qanday rol o’ynamaydi;
v) firmalar faoliyati bir-biriga bog’liq bo’lmay, har biri haqida ma’lumot to’plash qiyin;
g) boshqa bozor modelidagi firmalardan farqli ravishda oligopolistik
bozorda firmalar
foydani maksimallashtirishga intila di deb, faraz qila olmaymiz;
d) firmalar o’rtasida sezilarli darajada bog’lanish mavjud hamda oligopolistik bozorda
firmani bir qarorga kelishi boshqa bozorlarga nisbatan noaniqroq
Do'stlaringiz bilan baham: