XIV BOB.
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA
RAQOBAT
Bozor iqtisodiyotida raqobat muhim ahamiyatga ega, uning afzalligi ham ko’p jihatdan
raqobatga bog’liq. Raqobat iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, yangiliklar yarvtish, ishlab chiqarishga
so’nggi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga ham raqobat undaydi. Shuning uchun raqobatni
tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur bob raqobatga bagishlangan. Unda raqobatning mazmuni, mukammal va
nomukammal raqobat, monopoliya va uning vujudga kelish sabablari, monopoliya turlarini
o’rganamiz. Raqobatning cheklanishi qanday oqibatlarga olib kelishi, raqobatchilik muhiti
yaratilishi naqadar zarurligi, uni vujudga keltirishda davlatning rolini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |