qilingan investitsiya va undan keladigan daromadni shu vaqt ichida diskontlash asosida bir
ko’rsatkichga keltiramiz.
Ta’lim olish uchun qilingan xarajatlarni o’qish uchun sarflar va ish haqida yo’qotishni
qo’shib hisoblab, yo’qotilgan (manfiy) daromad tarzida ifodalaymiz. Uni o’tgandan, malaka
oshirgandan keyin olinadigan ish haqi, daromad bilan taqqoslaymiz.
Olimjonning oldida, yaqin kelajagida ikkita muqobil yo’l, boshqacha qilib aytganda
loyiha turibdi. Birinchi yo’l, to’rt yil davomida bankda oddiy xizmatchi bo’lib ishlab, yiliga 60
ming so’m daromad topish.
Ikkinchisi — bankda bir yil «Bank-moliya akademiyasi»da o’qib, ma-lakani oshirish.
Malaka oshirish uchun 1mln. so’m to’lanadi. Akademiyani tugatgach, unga uch yil mobaynida
tijorat bankida marketing bo’limi boshlig’i o’rnini va’da qilishyapti.
Bu uch yil davomida uning
maoshi har yili 100 ming so’mdan ortiq 700000, 800000, 900000 so’m bo’lishi mumkin.
Olimjon uchun qaysi yo’lni tanlagan ma’qul?
Buning uchun, ya’ni qaysi yo’l ma’qul ekanligini aniqlash uchun malaka oshirish (bilim
olishi)ga sarflangan xarajatlar bilan malaka oshirishdan keyin olinadigan daromadni taqqoslash
kerak.
Agar Olimjon malakasini oshirishni tanlasa 1mln. so’m malaka oshirish uchun xarajatlar
hamda 600000 so’m boy berilgan imkoniyat (ya’ni shuncha maosh olgan bo’lur edi, yil
davomida) xarajatlar hammasi 1600000 so’m bo’ladi. Shu miqdorni o’qigandan so’ng oladigan
diskontlangan daromadi bilan solishtiramiz. Agarda u musbat, ya’ni sarflangan xarajatlardan
ko’p bo’lsa, o’qib malakasini oshirgan ma’qul bo’ladi. Uni quyidagicha hisoblab chiqamiz.
Investitsiya natijasida olingan qo’shimcha sof daromad (QSD)ni quyidagicha
hisoblaymiz:
QSD= -1600000 + 700000/(1+0,1) + 800000/ (1+0,2) + 900000/(1+0,3)=
636363+666666+692307 = 1995336; 1995336 – 1600000 = =395336;
Ko’rinib turibdiki, o’qish samaraliroq ekan, demak ikkinchi yo’lni tanlagan ma’qul,
agarda natija manfiy bo’lganda birinchi yo’l, ishlash ma’qul bo’lardi.
Bu erda yana shuni yoddan
chiqarmaslik kerakki, bilim olishga qilingan xarajatlar qoplanmasligi ham mumkin. Lekin uni
faqatgina pul miqdori bilan o’lchamaslik kerak, chunki ilgarigiga nisbatan obro’li, kelajagi
istiqbolliroq ishga joylashishi mumkin. Qaytim normasi ko’rsatkichidan mehnat bozorida uzoq
muddatli tenden-
tsiyasini tahlil qilishi, ish haqini o’zgarishi, uni asosida taklif qanday o’zgarishi
mumkinligi hisoblab chiqiladi.
Mehnat bozoridagi nomutanosiblik, ish kuchi malakasi, ayrim kasb kishilariga bo’lgan
talab bilan taklif nisbatining mos kelmasligi bartaraf etiladi.
Insoniy kapitalga investitsiyaning ortib borishi kishilarning ma’na-viy, madaniy, ahloqiy
va boshqa jihatlardan ham yuksalishini ifodalaydi. Demak, davlat
byudjetdan sarflanadigan
mablag’larni ko’paytiribgina qolmay, aholi va firma (korxonalar) tomonidan ham mablag’lar
qo’yilishini rag’batlantirish lozim.
Qaytim normasi ko’rsatkichidan mehnat bozorida uzoq muddatli tendentsiyani tahlil
qilishda foydalaniladi. Chunki, unga qarab qaysi kasb, ixtisoslik ish haqini o’zgarishi, uni
asosida taklif qanday o’zgarishi mumkinligi hisoblab chiqiladi.
Mehnat bozoridagi nomutanosiblik, malaka ayrim kasb kishilariga bo’lgan talab bilan
taklif nisbatining mos kelmasligi bartaraf etiladi.
Shuni eslatish kerakki, inson uchun qilingan har qanday xarajat insoniy kapitalga
investitsiya hisoblanmaydi. U tsivilizatsiyalashgan jamiyat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq
deb topilgan xarajatnigina aytish mumkin.
Ma’lumki, Fan-texnika taraqqiyoti sur’atlarining jadallashuvi mavjud bilimlar,
ko’nikmalar, malaka ko’rsatkichining eskirishi munosabati Bilan inson kapitali ma’naviy
eskirishiga olib keladi. Shuning uchun hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda
faqat asosiy kapitalning
ma’naviy eskirishigina emas, balki bilimlar, ko’nikmalarni, jumladan, mehnat jarayonida odat
tusiga kirib qolgan andozalarning ma’naviy eskirishini ham izchillik bilan engish zarurligiga
ahamiyat qaratilmoqda.
Inson kapitali ma’naviy eskirishining ikki shchakli bo’lib, birinchisi, mavjud bilimlar
doirasida inson kapitali ko’rsatkichlarining yomonlashuvi Bilan bog’liq. Bilimlar to’liq
bo’lmagani tufayli eskirishga uchraydi. Natijada inson kapitalining jamg’arilish jarayoni to’xtab
qoladi. Ma’naviy eskirishning ikkinchi turi mutlaqo yangi bilim paydo bo’lishi uni egallamay
turib, inson kapitalidan foydalanish imkoni bo’lmasligi bilan bog’liq.
Inson kapitaliga solinadigan investitsiyalar ilmiy g’oyalar, texnika-texnologiya
yangiliklarini qabul qilish qobiliyati oshishiga, shu bilan birga iqtisodiy
tizimning moslashish
imkoniyati, uning doimiy o’zgarishlarga moslashib rivojlanish imkoniyatlari oshishiga
yordamberishi kerak. Aks holda jamg’arilgan inson kapitalini ishga solib bo’lmaydi, hamda
jamiyatning tegishli sifatdagi va miqdordagi inson kapitaliga bo’lgan talabini qondirib
bo’lmaydi. Inson kapitalini takror ishlab chiqarishlagi bunday tarkibiy buzilishlarning
chuqurlashuvi amalda investitsiyalangan mablag’lardan mahrum bo’lishga olib keladi.
Jamiyat taraqqiy qilishi bilan yuksak malakali mutaxassislarga talab o’sishini hisobga
olgan holda respublikamizda «Kadr-lar tayyorlashning Milliy dasturi» ishlab chiqilib, amalga
oshirilmoqda.
Insoniy kapitalga investitsiya davlat, korxona (firma) aholi-ning o’zi tomonidan
qo’yiladi. Aholi uchun o’z mablag’i etmagan taqdirda Prezident farmoni
bilan imtiyozli kredit
bilan ta’minlanishi respublikamizda zamona talablariga muvofiq ravishda mutaxassis kadrlar
tayyorlashni yanada yangi bosqichga ko’taradi.
Xulosa
*Inson yashashi uchun turli ne’matlarni ishlab chiqarishi kerak. Ishlab chiqarish asosida
mehnat yotadi. Mehnat bu mehnat omilining egasi bo’lgan ish kuchining o’z qbiliyatini ishga
solishi, ishlatishidir. Ish hai mehnat omilining YaIM, milliy daromaddagi ulushi bo’lib, u ish
haqi deb ataladi.
*Ish haqi ish kuchiga bo’lgan talab va taklifning muvozanat bahosidir. Mehnatga talab
ish haqi miqdoriga teskari, mehnat taklifi esa to’g’ri proportsional bog’lanishda. Mehnat taklifiga
o’rin bosish va daromad effekti ta’sir ko’rsatadi. Buni natijasida mehnat taklifi o’sishi yoki
pasayishi mumkin.
*Ish haqini tashkil etishning ikki shakli
vaqtbay va ishbay shakli, muvofiq ravishda qator
ish haqi tizimlari mavjud. Qanlay ish haqi qo’llash unga ta’sir etadigan omillarga bog’liq bo’lib,
u ishga yollovchi bilan yollanuvchi o’rtasilagi tuzilgan mehnat shartnomalarida o’z aksini topadi.
*Fan texnika taraqqiyoti borgan sari yuqori malakali ish kuchiga talabni kuchaytirishi
iqtisodiy nazariyada insoniy kapital nazariyasini (Teory of human capital) ishlab chiqishga olib
keldi. Unga muvofiq ish haqidagi farq insoniy kapitalga qilingan investitsiyadagi farqning
oqibati. Kam ish haqi to’lanadigan ishchilarning daromadlari esa investitsiyalarning hajmini
ortishi natijasida o’sadi. Shuning uchun borgan sari insoniy kapitalga investitsiya sarflash o’sib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: