Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

miqdoriy effekt 
deb ataladi. Narxni tushishi 
sotiladigan mahsulot miqdorini, natijada umumiy tushumni ko’paytiradi yoki aksincha mahsulot 
miqdori o’zgarmay, hattoki kamayib ketishi umumiy tushumni kamayishiga olib kelishi 
mumkin. 
Shunday qilib, narxning o’zgarishiga xaridorning munosabati turlicha bo’lishi mumkin: 
1. Agar narxning pasayishi sotilayotgan tovar miqdorini ko’paytirib, umumiy daromad 
tushumini avvalgidan ko’payishiga olib kelsa, unday talab elastik talab bo’ladi. Elastiklik 
koeffitsienti birdan katta bo’ladi. 
Aytaylik, A tovarni 600 so’mdan sotganda bir 
haftada 10 ta tovar sotiladi. Umumiy daromad 6000. 
Narxini 400 ga tushirsak 20 ta sotilyapti, umumiy tushum 
8000. Demak, elastiklik koeffitsienti bir-dan katta. 
Bunday talab elastik talab deb ataladi (a- rasm). 
Elastiklik koeffitsienti birdan qanchalik katta 
bo’lsa, elastiklik shuncha yuqori bo’ladi. 
2. Agar narxning pasayishi aniq tarzda sotilgan 
tovar miqdorini o’zgarishi bilan o’rni qoplansa, ya’ni 
umumiy daromad (tushum) o’zgarmasa, bunday talab 
elastikligi yagona elastik talab deyiladi. 
Bunda talab elastikligi koeffitsienti  1 ga teng 
bo’ladi. 
1) Q0xP0 10x600=6000 
2) Q1xP1 20x300=6000 
 6000=6000; 6000:6000=1 E=1.  
Sotayotgan tovarimizning narxini 300 so’mga tushirganimizda, haftasiga 20 ta tovar 
sotildi. Umumiy daromad o’zgarmadi. Elastiklik koeffitsienti 1 ga teng (b- rasm). 
3. Narx pasayishi bilan sotilayotgan tovar miqdori unchalik ko’paymasa, natijada umumiy 
daromad pasayib ketsa, bunday talab noelastik talab 
deyiladi. Bunda elastiklik koeffitsienti 1 dan kichik. 
Lekin nolga teng emas. 
Sotilayotgan tovarning narxini 300 so’mga 
tushirganimizda 15 ta tovar sotildi. Umumiy tushum 
4500. Demak elastiklik koeffitsienti birdan kichik. U 
nolga yaqinlashib borgan sari noelastiklik darajasi 
ortib boradi (v- rasm). 
4. Shunday tovarlar ham borki, ularga bo’lgan 
talab narxning o’zgarishi bilan deyarli o’zgarmaydi. 
Bularga eng zarur kundalik ehtiyoj mollari kiradi. 
Non, un, guruch, sovun, tuz, gugurt kabilar. 
Ularga narx qanchalik o’zgarishidan qat’i nazar talab 
o’zgarmaydi yoki juda kam o’zgaradi. Uni qat’iy 
elastik talab deb ataladi (g- rasm). 
Agar umumiy tushumni o’zgarishiga diqqat 
qilsak baho effekti bilan miqdor effekti bir-biriga 
qarama-qarshi amal qiladi. 
Shuning uchun umumiy tushum narxni har 
qanday o’zgarishida ko’payishi yoki kamayishi 
mumkin. 
Agarda miqdoriy effekt baho effektiga nisbatan ustun bo’lsa, talab elastik bo’ladi. Baho 
effekti miqdoriy effektga nisbatan ustun bo’lsa, talab noelastik bo’ladi. 
 baho 
 effekti 
miqdor 
effekti 
 baho 
 effekti 
miqdor 
effekti 


 
 
 
 Narx 
 Umumiy 
tushum 
 Talab 
elastikligi 
 1) 
↑↓
  
   
↓↑
 
 
   elastik 
 
 2) 
↑↓
 
 
 
↑↓
 
 
   noelastik 
 
 3) 
↑↓
  
 
 Umumiy tushum 
 
 
 yagona elastik 
 
  
   
o’zgarmaydi. 
Talab deganda doimo to’lovga qobillik nazarda tutilar ekan, uning qay darajada bo’lishi 
aholi daromadlariga bog’liq. Bu albatta, elastiklik koeffitsientining o’zgarishida o’z ifodasini 
topadi. 
Daromad o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti 
;
:
0
1
0
1
I
I
Q
Q
E
i
D
=
 
Bunda i0 — income xaridorlar daromadi. 
Ko’pgina tovarlarga talab daromad bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Ya’ni daromad o’sishi 
bilan talab ortadi. Lekin ayrim hollarda aksincha bo’ladi. 
Masalan, yomon sifatli tovarlarga talab qisqaradi. Undan tash-qari, ilgari kundalik ehtiyoj 
mollarini eng arzonini xarid qi-lib kun kechirgan bo’lsa, endi boshqa turdagi aytaylik go’sht, 
sariyog’, pishloq kabilarni sotib olishga qurbi etadigan bo’ladi. 
Daromadlarning o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti qanday tovarga talab 
o’zgarishini ko’rsatadi.  

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish