Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon 
bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. 
Ko’ylak 
olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga ay-
lanadi. 
Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab 
chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. 
Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni 
xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Iste’molchilar xarid 
qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini 
farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq 
sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini 
ko’rsatadi. 
Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada 
dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi 
shakllanadi. 
Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin: 
1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi. 
2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining 
yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli 
guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga 
ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol 
mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi. Qanday 
ehtiyojlarni qondirishlariga ko’ra talab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
1. Fiziologik talab — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o’xshashlar. 
2. Ijtimoiy-psixologik talab — obro’-e’tibor, moda va boshqalar. 
3. Iqtisodiy talab — daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar. 


 
 
4. Sotsial talab — turmush darajasi, jamiyatdagi muhit va bosh-qalar. 
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab: 
qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan 
talablarga bo’linadi.
 
Kechiktirilgan talab nosog’lom iqtisodiyot va muvozanati buzilgan bozorga xos. Uning 
ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqi-rozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. 
Korxona, tashkilot, aholi qo’lida to’plangan pul bozorga tazyiq o’tkazadi. 
Talab borgan sari o’sib boradi. Buning sababi: 
— ehtiyojlar o’sib boradi; 
— daromadlar o’sadi; 
— mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish o’sadi. Muvofiq ravishda taklif o’sadi; 
— madaniyat yuksalib boradi. 
Talab odatda tez o’zgaradi. Talab o’zgarishi deganda u yoki bu tovarga bo’lgan talabning 
absolyut miqdorining o’zgarishi tushuniladi. 
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. 
Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin. 
1.Talabga, eng avvalo narx ta’sir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan 
bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi 
oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi. 
2.O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish 
yoki bo’lmasligi talabga katta ta’sir ko’r-satadi. 
Asosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar 
tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol 
go’shti va h.k. 
Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aytaylik, benzinning 
narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni 
ko’paytiradi. Aksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi. 
Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bog’liq, bir-birini to’ldiradi. 
3.Xaridor didi, ta’bi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun iste’molchilar didining 
o’zgarishi yoki afzal ko’rish, ya’ni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan 
talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha holat yuz berishi mumkin. 
4.Xaridor daromadi. Ta’kidlab o’tganimizdek, talab haqida gapirganimizda to’lov 
qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni hajmiga ta’sir qiladigan 
muhim omil aholi daromadi. 
Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik ehtiyoj mollariga qaraganda uzoq muddat 
foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq ta’sir qiladi. 
Boshqacha aytganda daromadning o’sishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich, 
televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi. 
5.Kutiladigan o’zgarishlar. 
Hozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va bo’lg’usi daromad iste’molchilarning 
talabini o’zgartiradi. 
Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik 
uchun tovarlarni ko’proq sotib olishga harakat qiladilar. Talab ortadi. Aksincha, narx tushishi 
yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi. 
6.Demografik omil. 
Bozordagi talabga xaridorlar soni, yoshi, jinsi, ma’naviy ahvoli, mintaqaviy, milliy 
psixologik omillar ham ta’sir qiladi. 
Mintaqaviy omilga iqlim sharoiti, ishlab chiqarishning tuzilishi, mahalliy urf-odatlar, 
milliy omilga mamlakat doirasida ehtiyojning yuksalish darajasi, umumiy iste’mol darajasi, 
milliy-diniy an’analar va ko’nikmalar, xalqaro tovar reklamasi va axborotlarning mavjudligi va 
boshqalar kiradi. Natijada bir mamlakatda yaratilgan tovarlarga talab, shu tovar yo’q, ya’ni 
ishlab chiqarilmaydigan mamlakatda ham talab uyg’otadi. 


 
 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish