Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

«Xitoy modeli». 
Iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlandi. 
Qishloq xo’jaligida xalq kommunalari asosiy xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, oilaviy pudrat 
tizimi barpo qilindi. Bu ish 1984 yil oxiriga kelib yakunlandi. Oilaviy pudrat dehqon xo’jaligini 
bir oila a’zolari tashkil etib, foydalanish uchun er 15—20, ba’zi joylarda 30 yilga berilgan. Erga 
oila yoki bir necha oila qo’lidagi o’zi egalik qilayotgan texnika, asbob-uskuna va boshqalar 
yordamida ishlov beriladi. Deh-qonlar ishlab chiqargan mahsulotlarining bir qismini davlatga 
shartnoma asosida topshirardilar, bir qismini soliq o’rnida, yana bir qismini mahalliy fondga, 
qolganini o’z ixtiyorlariga ko’ra yuqori narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin edi. 
 Mayda xo’jaliklarning jamg’arma hosil qilish, texnikadan foydalanish, mahsulotning 
tovarlilik darajasini ko’tarish imkoniyati cheklangan. 
 Buni hisobga olib, hozirgi paytda dehqon birlashmalari, turli shakldagi kooperatsiyalar 
tashkil etish yoki erni eng kuchli — samarali dehqon xo’jaliklariga berib, yollanma ish kuchini 
jalb etish yo’lidan borilmoqda. 
 1984 yilda islohot shaharda ham boshlandi. XXRning iqtisodiy rivojlanish modelini 
tanlash jarayonida Xitoy olimlari «aralash model» variantini ishlab chiqishdi. Shunday 
modelning 1968 yilda Vengriyada, 60- yillarning o’rtalarida Chexoslovakiyada o’ziga xos 
variantlari ishlab chiqilib, amalda qo’llash boshlangan edi. Bu modelning mohiyati shundaki, 
bozor 
mexanizmi davlatning iqtisodiyotni tartibga solish darajasining yuqoriligi sharoitida 
vujudga keltiriladi. Bu model rejali iqtisodiyotni takomillashtiradi hamda uch tomon — davlat, 
korxona va alohida ishlovchi manfaatlarini uyg’unlashtiradi. U makrodarajada rejali boshqarish, 
mikrodarajada bozor orqali boshqarishni davlat tomonidan tartibga solinadigan turli bozorlar 
amal qilishini ko’zda tutadi. Natijada Xitoyda «markazlashgan rejali iqtisod» modelidan 
«sotsialistik rejali tovar iqtisodi» modeliga o’tildi. Bu modelning mohiyati: sotsialistik ishlab 
chiqarish tovar ishlab chiqarishga asoslanadi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlar tovar-pul munosabatlariga va ularning rivojlanishiga asoslanadi. Bunda eng 
muhim ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilik va makrodarajada markazlashgan 
rejalashtirishning hal qiluvchi roli uni boshqa modellardan ajratib turadi. 


 
 
 Xitoy rahbariyati ishlab chiqilgan nazariy qoidalarga tayanib, iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishning asosi va tamoyillarini ishlab chiqdi. 
 Davlat sektorida mulk egaligi huquqi bilan xo’jalik yuritish huquqining ajratilishi 
korxonalar xo’jalik faoliyatini jonlantirishga olib keldi. Ularning ajratilishi korxonalarni mehnat 
jamoalariga yoki alohida shaxslarga pudratga berish, erkin sotuvga korxona aktsiyalarini 
chiqarib sotish va boshqa xo’jalik yuritish shakllaridan foydalanish imkonini berdi. 
Korxonalarga o’zaro to’g’ridan-to’g’ri xo’jaliklararo aloqalarni faol rivojlantirish tavsiya etildi. 
Fond bozorlari, xizmat, axborot, texnika, texnologiya bozorlarini ham o’z ichiga olgan bozor 
tizimini yaratishga katta ahamiyat berildi. Shu bilan birga iqtisodiyotni makrodarajada tartibga 
solishni kuchaytirish va takomillashtirishni ham amalga oshirish tavsiya qilindi. 
 
Xitoyda o’tkazilgan islohotlar qishloqda sanoat o’sishiga olib keldi. Islohotlar 
boshlangach, 10 yil davomida 80 mln ishchi o’rni yaratildi. 
 Sanoatda iqtisodiy qayta qurishlar natijasida turli mulk shakl-laridan va xo’jalik yuritish 
uslublaridan foydalanishga asoslangan yangi xo’jalik mexanizmi vujudga keldi. 
 Lekin ijtimoiy mulkning etakchilik roli saqlanib qoldi. Davlat sektori sanoat mahsulotlari 
56%ni tashkil etdi. Korxonalarga rejadan tashqari mahsulot ishlab chiqarish, sotish-sotib olish 
imkoni berildi. Natijada rejadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish keskin ko’paydi. Korxonalar 
ochiq bozorda rejadan ortiq ishlab chiqargan mahsulotlarini davlat tomonidan belgilanganidan 
20% yuqori narxda sotishlari mumkin bo’ladi. Bularning hammasi iqtisodiyotni jonlantirishga 
hamda jahonda sanoat ishlab chiqarishning eng yuqori sur’atda bo’lishini ta’minladi. 
 Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga o’tishda har bir mamlakatning boshqa mamlakatlar 
bilan o’xshashlik tomonlariga qarab, ularni bozor iqtisodiyotiga o’tishning u yoki bu guruhiga 
kiritish mumkin. Shu bilan birga har bir mamlakat o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan 
farq qilar ekan, haqli ravishda har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z yo’liga ega, u 
o’z modelini yaratadi deb ayta olamiz. 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish