3-§. Monopoliya. Bozorda uning roli va o’rni
Monopoliya so’zi yunoncha
«mono»
—
bitta,
«polis»
—
sotaman so’zlaridan tarkib
topib, iqtisodiy faoliyatning biror (ishlab chiqarish, savdo va hokazolar) sohasida shaxs yoki
kishilar guruhi, davlatning yakka hukmronligini ifodalaydi. Bu o’z tabiatiga ko’ra
monopoliyaning raqobat bilan to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshiligini bildiradi.
Real hayotda bozorda yagona firma faoliyat ko’rsatadigan vaziyatni topish qiyin.
Monopoliya termini ayniqsa «sof» monopoliya doimo shartli ravishda qo’llaniladi.
Mukammal raqobat va «sof» absolyut monopoliya — bu bozordagi ikki qutb, ikki
mantiqiy chegarani ifodalovchi nazariy abstraktsiya. Uni quyidagi ko’rinishda ifodalash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |