Quyidagi bildirilgan fikrlar to’g’ri
yoki noto’g’riligini aniqlang
T/N
1.Nazariya amaliyotda qo’llanishi uchun har bir aniq holatda, voqe’likda o’z isbotini
topishi kerak.
2.Iqtisodiy nazariya aniq fan emas, lekin u statistik ma’lumot tahlilidan foydalanib, juda
ko’p aniq muammolarni tadqiq etadi.
3.Ma’lum bir sharoitda ijobiy natija bergan iqtisodiy siyosat, boshqa bir sharoitda xato
bo’lishi mumkin.
4.Agar iqtisodchilar iqtisodiyotning asosiy tamoyillarini bir xil sharxlasalar demak ular
albatta vaziyatni baholashda hamfikr bo’lishadi.
5.Agar gipoteza praktikada tasdiqlansa, u xolda foydalanilayotgan nazariy asos bo’la
oladigan xulosa doimo to’g’ri.
6.Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga o’xshash ob’ektiv xarakterga ega. Demak, iqtisodiy
qonunlarni tabiat qonunlari bilan bir xil amal qiladi deb ayta olamiz.
7.Iqtisodiyot nazariyasi umuminsoniy fan bo’lib, barcha iqtisodiy fanlar uchun
fundamental asos bo’lib xizmat qiladi.
8.Iqtisodiyotda avval dalillar, ma’lumotlar to’planadi, ular o’rganiladi. So’ngra xususiy va
umumiy xulosalar chiqariladi.
Testlar
1.
Iqtisodiy nazariya fan sifatida
a)
Kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;
b)
XVII-XVIII asrlar orasida;
c)
XIX asrda;
d)
A.Smitning «Xalqlar boyligi» kitobi chop etilishi bilan shakllandi.
2.
Quyidagi sanab o’tilganlardan iqtisodiyotni nazariy jihatdan o’rganishda amaliy
ahamiyatga ega emas.
a)
Har bir kishi iqtisodiy jarayonlar ta’sirida bo’ladi va unga o’zi ham ta’sir ko’rsatadi;
b)
Har bir kishi o’z bilimi va tajribasidan u yoki bu faoliyatda foydalanib pul ishlab
topadi. Iqtisodiy nazariya odamlarni yashay bilishga o’rgatadi;
c)
Har bir kishi siyosiy muammolar bilan to’qnashadi, ularning ko’pi esa iqtisodiyot bilan
bog’liq;
d)
Xar bir kishi iqtisodiyotning qonunlarini qanday amal qilishini bilsa, o’z iqtisodiy
muammolarini to’g’ri echishga qodir bo’ladi.
3.
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini ifodalaydi
a)
iqtisodiy prognoz uchun instrument;
b)
iqtisodiy tamoyillar kompleksi;
c)
iqtisodiy jarayon va xoldisalarning obektiv xususiyatlariga va tadqiqot maqsadi va
xarakteriga ko’ra abstrakt tarzda umumlashtirib ifodalangan reallikning konstruktsiyasi, maketi,
andozasi;
d)
iqtisodiyot va siyosatning ideal tipi bo’lib uni amalga oshirish uchun zarur
4.
Quyidagi ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq raqamlar bilan o’lchash
mumkin?
a)
iqtisodiy kafolat;
b)
iqtisodiy erkinlik;
c)
to’la bandlik;
d)
daromadlarni adolatli taqsimlash
5.
Agar qo’yilgan ikki iqtisodiy maqsad bir-biriga zid ekanligi ta’kidlansa, u holda
a)
bir vaqtning o’zida ikkala maqsadni amalga oshirib bo’lmasligini;
b)
Qzbekistonda amalga oshirilishi lozim bo’lgan maqsad sifatida qo’yib bo’lmasligini;
c)
ulardan birini amalga oshirilishi ikkinchisini ham amalga oshirilganini;
d)
bu maqsadlarni miqdor jihatdan o’lchash mumkinligini bildiradi
6.
Pozitiv iqtisodiy nazariya….
a)
iqtisodiy hodisalarni qanday bo’lsa shunday o’rganadi;
b)
iqtisodiy hodisalarni qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatadi;
c)
iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendentsiyalarni o’rganadi;
d)
bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi
7.
Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga asoslansa, u holda bunday
tahlil metodi:
a)
bayon qilish;
b)
qiyosiy;
c)
tarixiy;
d)
deduktiv;
e)
induktiv
8.
Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo’jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi
tadqiq qilinsa, bunday tahlil
a)
normativ;
b)
pozitiv;
c)
ilmiy abstraktiv;
d)
mikroiqtisodiy;
e)
makroiqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |