Qisqa muddatli davrda firmaning ishlab chiqarish quvvati o’zgarmaydi. Shuning uchun
ular o’z foydalarini maksimallashtirish vpa zaralarini minimallashtirishni faqat o’zgaruvchi
xarajatlar(material,
xom ashyo, mehnat haqi kabilar) miqdorini o’zgartirish orqali erishiishlari
mumkin.
Grafikdan ko’rinib turibdiki ( a) rasm), firma M nuqtada o’zining minimal o’rtacha
xarajatlarini qoplay oladi. M nuqta foyda nuqtasi xisoblanadi (ya’ni faqat normal foyda oladi).
Ikkinchisi ( b) rasm)da o’rtacha xarajatlar narxlardan past, ular ma’lum xajmda fakat normal
foyda emas, iqtisodiy foyda xam oladi. Uchinchisi ( v) rasm)da esa firmalar har qanday hajmda
ishlab chiqarish miqdorida firma bozorni tark etishi kerak, chunki uning xarajatlari narxdan
ancha yuqori.
Ikkinchi ( b) rasm bo’yicha) firmaning o’rtacha xarajatlari har ikki ko’rsatilgan firmalar
xarajatidan past. M nuqtada xarajatlarni Q xajmda eng minimal o’rtacha xarajatlar deb aytamiz.
Bu nuqtada firmaning bir birlik mahsuloti eng ko’p foyda keltiradi deb ayta olamiz.
Lekin uni
firmaning ishlab chiqarishini muvozanatga erishgan optimal xajmi deb ayta olamizmi?
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilarni bir-birlik mahsulotdan olinadigan foyda emas, balki
olinadigan foyda massasi qiziqtiradi. Demak firmaning foydasini maksimal darajada bo’lishini
ta’minlovchi ishlab chiqarish hajmini aniqlashimiz kerak. O’rtacha xarajatlar chizigi uni ko’rsata
olmaydi. Uni iqtisodchilar ikki yo’l bilan aniqlashni tavsiya etishadi:
1.
Yalpi daromad
1
bilan umumiy xarajatlarni taqqoslash;
2. Me’yori daromad bilan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash orqali;
Me’yoriy xarajatlar egri chizigi xarajatlar va o’zgaruvchi xarajatlardan farq qiladi.
Qo’shimcha ishlab chiqarish yo’q bo’lsa MS ham yo’q bo’ladi.
Qo’shimcha ishlab chiqarish qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birga
qo’shimcha daromad ham olib keladi. Qo’shimcha daromad, boshqacha aytganda me’yoriy
daromad MR=TRn - TR(n-1)ga teng. Erkin raqobat sharoitida alohida firma bozor bahosiga
ta’sir o’tkaza olmaydi. Qancha mahsulot bo’lsa ham bir xil bahoda sotadi.
Bu degani erkin
raqobat sharoitida qo’shimcha sotilgan maxsulotdan olingan qo’shimcha daromad har qanday
hajmda teng bo’ladi, ya’ni me’yoriy daromad narxga teng MR=P bo’ladi.
Qo’shimcha xarajatlar bilan qo’shimcha daromadni solishtirib, mazkur baholarda qaysi
nuqtada, ya’ni qancha hajmda maksimal darajada foyda massasiga ega bo’lib muvozanatga
erishadi, nisbatan to’g’ri aniqlay olamiz. Bu firma qo’shimcha xarajatlar hisobiga qo’shimcha
daromad olar ekan, ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib boradi. Agar meyoriy xarajatlar
me’yoriy daromadlardan ortib ketar ekan firma zarar ko’rishni boshlaydi. Bu haqda yuqorida
ham to’xtab o’tganmiz.
Shunday qilib, firmanipg qisqa muddatli davr uchun ham uzoq
muddatdi davr uchun ham
muvozanatga erishish sharti sifatida MC=MRni, ya’ni me’yoriy xarajatlarni me’yoriy daromad
bilan tengligini ko’rish mumkin. Mukammal raqobatga asoslangan bozorda me’yoriy daromad
doimo narxga teng bo’lgani uchun firmaning muvozanat sharti MC=P shaklini oladi.
Me’yoriy xarajatlarni me’yoriy daromadlar Bilan taqqosdash o’ziga xos signal vazifasini
bajarib, tadbirkorni ishlab chiqarishni optimal darajasiga erishildimi yoki foydani yanada
o’sishini kutish mumkinligi to’g’risida axborot beradi. Oxir-oqibat, firmaning har qanday ishlab
chiqarish hajmida o’rtacha xarajatlari narxdan yuqori bo’ladigan bo’lsa, firma zarar ko’radi. U
boshqa ishlab chiqarishga ixtisoslashishi yoki bozorni tark etishi kerak. Lekin me’yoriy
xarajatlar dinmikasi orqali firmaning foydasi masasini to’g’ri aniqlab bo’lmaydi. Sababi unda
doimiy xarajatlarni hisobga olmaganmiz.
Firmaning yalpi foydasini yalpi tushumdan umumiy xarajatlarni ayirib topamiz. Yalpi
tushumni mahsulot miqdorini narxga ko’paytirib (TR=QxP) topamiz.
Umumiy xarajatlarni esa
mahsulot miqdorini o’rtacha xarajatlarga (TC=QxAC) ko’paytirib topamiz. Shunday qilib,
me’yoriy xarajatlar bilan me’yoriy daromadlar tahlili hamda o’rtacha xarajatlar dinamikasi tahlili
bilan birgalikdagina olinadigan foyda massasini aniq hisoblashimiz mumkin. Yuqoridagi
1
Bu erda daromad deganda mahsulotlarni sotib olinadigan tushum ko’zda tutiladi
rasmlardagi uch xil vaziyat bo’yicha, agar me’yoriy daromad egri chizig’i o’rtacha xarajatlar egri
chizig’iga urinib o’tsa, yalpi xarajatlar yalpi daromadga teng bo’ladi, firma normal foyda oladi.
Chunki, mahsulot narxi o’rtacha xarajatlarga teng.
Agar, ma’lum bir intervalda narx chizig’i bilan me’yoriy daromad egri chizig’i o’rtacha
xarajatlar egri chizig’idan yuqorida joylashsa, muvozanat nuqtasi M(ya’ni,
shu optimal hajmdagi
mahsulot ishlab chiqarish)da firma sof foyda oladi.
Agar, o’rtacha xarajatlar har qanday hajmda narxdan yuqori bo’lsa, u holda firma optimal
dvrvjada ishlab chiqarishda ham zarar ko’radi.
Qisqa muddatli davrda firma shunday vaziyatda bo’lishi mumkinki, uning olgan tushumi
xarajatlarini qoplamaydi. Bunday holatda u zararni minimallashtirishga harakat qilishi kerak.
Firmani qisqa muddatli davrda kelajakda maqsadiga qarab, uning uchun ishlab chiqarishni
davom ettirish yoki vaqtincha to’xtatish kerakmi, aniqlashi kerak. Qaysi holatda uning uchun
zarar kamroq bo’ladi?
Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa u faqat doimiy xarajatlar qiladi xolos. Agar
firma mahsuloti ishlab chiqarsa doimiy xarajatlardan tashqari o’zgaruvchi xarajatlar ham qiladi.
Shu bilan birga ma’lum miqdorda daromad ham oladi. Shuning uchun qachon firma zararni
minimallashtirishi mumkinligini aniqlash uchun baho bilan o’rtacha
xarajatlarnigina emas, balki
o’zgaruvchi xarajatlarni xam taqqoslaydi.
Chizmada AS egrichizig’i M nuqtada minimal bo’lishi kerak
Bu vaziyatni o’rganish uchun yuqoridagi chizmadan foydalanamiz. R
1
bozor bahosi
minimal o’rtacha xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori. Optimal
ishlab chiqarish hajmi Q1
la
o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari Q1M bo’lagi o’rtacha
o’zgaruvchi xarajatlar Q11 bo’lagiga teng. Muvofiq ravishda M1- bu o’rtacha doimiy xarajatlar.
Agar firma ishni davom ettirsa uning umumiy yalpi tushumi (OP1EQ1) umumiy xarajatlardan
(to’rtburchak OC
1
HQ1dan) kam bo’ladi. Bunda o’zgaruvchi xarajatlar (to’rtburchak OC
1
1Q1)
doimiy xarajatlarni bir qismi qoplanadi. Zarar to’rtburchak S
1
R
1
ME ga teng bo’ladi . Agar ishlab
chiqarish to’xtasa doimiy
xarajatlarni xammasi C
v
C
1
M1 (to’rtburchak) Shunday qilib
Do'stlaringiz bilan baham: