to’g’ri kelmaydigan holatlar
ham mavjud ekan. Ulardan biri «sanoq nuqtasi effekti» bilan
bog’liq. Uni quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin: Erkinjon 20000 so’mga jinsi shim
olmoqchi. Uyining yonidagi magazinda 20000 so’mga turibdi. Bozordan esa shu shimni 15
mingga sotib olish mumkin. U 20 ming so’mga magazindan, yoki 15 ming so’mga bozordan
tanlab olish mumkin. Unda tanlov imkoniyati bor. Lekin unga har qalay magazindan olgandan
ko’ra qo’shimcha 2 soat vaqt sarflab, bozordan olishi uchun rag’bat bor, chunki u 5 ming so’m
iqtisod qiladi. U charm kurtka olmoqchi deylik. Bunday kurtkani bozorda 250 ming so’mga
beradi, shu magazinda esa 255 ming so’mga turibdi.
Har ikki variantda ham u 5 ming so’m foyda ko’rishi mumkin. Lekin ikkinchi holda
bozorga borish uchun unda rag’bat ancha past bo’ladi. Nimaga shunday? Hamma gap shundaki,
har ikki holda ham beixtiyor ravishda sanoq nuktasini iqtisod qilingan
foizdan, ya’ni iqtisod
qilingan pulni tovarning narxiga nisbatan hisoblashdan boshlaymiz. Birinchisi 5:20 = 0,25 yoki
25%, ikkinchisida 5:255 = 0,019 yoki 1,9%
Do'stlaringiz bilan baham: |