Tarif sistemasi tarif stavkasi
(ishlovchilarni soat yoki kun davomida mehnat haqi miqdorini),
tarif setkasini (
malakasiga
qarab, birinchi razryadga nisbatan tarif koeffitsient shkalasini) hamda
tarif malaka
ma’lumotnoma — ishlarni tarifikatsiya qilish
va malaka razryadlarini berish bo’yicha normali
hujjatni o’z ichiga oladi. Hozirgi paytda, ish haqini belgilashda asosiy e’tibor pirovard natijaga
qaratilgan bo’lib, u miqdor jihatidan chegaralanmagan. Mamlakatimizda ishchi va
xizmatchilarning ish haqi tarif setkasi dastlab Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul
qilingan qaror asosida 1993 yil 1 yanvardan boshlab qo’llanila boshladi. U byudjet tomonidan
moliyalashtiriladigan hamma tashkilot, muassasa korxonalari uchun bajarilishi shart.
Mulk shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot, birlashmalar uchun tavsiya
xarakteriga ega. Ya’ni bu turdagi korxonalar yagona tarif setkasiga tayyorgarligi va zarur
moliyaviy mablag’larini jam-g’arishiga qarab o’tishi mumkin.
Yagona tarif setkasini qo’llashning zarurati mehnatga haq to’lash tizimidagi qator
kamchiliklardan kelib chiqadi. Ularga qu-yidagilarni kiritish mumkin:
1. Ish haqi tarif qismining pastligi, turli-tuman qo’shimchalarning esa borgan sari
ko’payib borishi.
2. Ish haqida mehnatga jalb etish va mehnatga rag’batlantirish printsiplarining yo’qligi.
3. Mehnatni normalashtirish printsipidan uzoqlashib ketishi.
4. Ishchi, mutaxassis va rahbarlar mehnat haqi o’rtasidagi farq-ni kattalashib ketishi.
5. Ayrim sohalarda ish haqini asossiz ravishda oshib borishi va uni xarajatlarni
ko’payishiga olib kelishi va boshqalar.
Mehnat haqi bo’yicha yagona tarif setkasi (YaTs) eng avvalo, belgilangan tarif
koeffitsientlarini o’z ichiga oladi.
Mehnat haqi bo’yicha xalq xo’jaligi tarmoqlarida band bo’lganlarni yagona tarif setkasi
(YaTs) belgilangan tarif koeffitsientlarini o’z ichiga oladi. U 28 razryaddan iborat bo’lib, hech
qanday maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan oddiy ishdan tortib, mutaxassis va rahbarlarning
har qanday darajasiga qadar qamrab olingan, hamda 0- razryadga ish haqining eng kam darajasi
belgilangan. 0- razryadga maxsus tayyorgarlik talab etilmaydigan ishlarni bajaradiganlar —
qorovul, farrosh va boshqalar kiradi. 1- razryaddan 8- razryadgacha xalq xo’jaligining hamma
tarmoqlaridagi ishchilar, ayrim o’rta maxsus ta’lim va texnik ish bajaruvchilar kiritilgan.
Oliy ma’lumotga ega bo’lgan turli mutaxassislar 5—13 razryadgacha, 10—18
razryadgacha o’rta boshqarish bo’g’ini rahbarlari, bo’lim, tsex boshliqlari, bosh va etakchi
mutaxassislar, korxona xizmat bo’limi rahbarlari, maslahatchilar kiritilgan.
Vazirliklar, tashkilotlar, kontsern, assotsiatsiya, birlashma, trest va korxona rahbarlari
16—24 razryadgacha, undan yuqorisiga yuqori rahbar lavozimdagilar kiritilgan. Hozirgi paytda
bu razryadlar miqdori yiriklashtirilib 24 taga tushirildi.
Har bir yuqoridagi guruh bo’yicha yana 5 ta gorizontal razryad bo’lishi ko’zda tutilgan
bo’lib, uning yordamida aniq maosh miqdori ma’lumoti, bajargan ishiga qarab belgilanadi. YaTs
bo’yicha ishchilarni tarif razryadi yagona tarif ma’lumotnomasi asosida belgilanadi. Yana shuni
yodda tutish kerakki, bu belgilangan haq ishlovchilarni eng kam sotsial kafolatlangan ish haqidir.
YaTs ning asosiy maqsadi ish haqini oshirish emas, balki ish haqi to’lashdagi
nomutanosibliklarni to’g’rilashdir. Korxona muassasa ishchi-xizmatchilari byudjetdan
moliyalashtiriladigan mehnat haqi fondiga ajratilgan mablag’ bo’yicha haq to’laydiganlar uchun
rioya qilinishi shart, boshqa turli mulkchilikka asoslangan korxonalarda esa korxona erishgan
natijaga ko’ra ish haqi to’lashni tashkil etishda tavsiyanoma tarzida qo’llaniladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar ish haqi to’lashda mehnat unumdorligi va
samaradorligini oshirishga undovchi ish haqi tizimini ixtiyoriy ravishdv tanlaydilar.
Hozirgi paytda ish haqining quyidagi tizimlari mavjud:
*Mehnat unumdorligini belgilangan darajaga etkazmagan taqdirda ham minimal ish
haqi(tarif stavkasi)ni kafolotlovchi tizim;
* Erishilgan mehnat unumdorligi darajasiga ko’ra ish haqini minimal darajadan maksimal
darajagacha o’zgarishini ta’minlovchi tizim;
* Ishchilarni foydadan ulush olishda qatnashishini va o’z mulkini yaratishni
rag’batlantiruvchi tizim;
Ish haqi turli ko’rinishlarda oddiy vaqtbay, oddiy ishbay, vaqtbay mukofotli, ishbay
mukofotli, nisbiy o’suvchan, ko’p faktorli akkord, foydada qatnashish va boshqa xil ish haqi
to’lash tizimidan foydalaniladi. Ish beruvchilar bilan ishga yollanuvchilar o’rtasidagi
munosabatlar iqtisodiy munosabatlar bo’lib, tovar ishlab chiqarish va bozor qonunlari asosida
yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |