Talab elastikligi
- Talab elastikligi darajasini aniqlash iqtisodiyot
dan real hayotda
uchun muhim ahamiyatga ega. Firma (korxona), uy
foydalanish
xo’jaligi, davlat narxning o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq ravishda
chora-tadbirlar ko’radi.
Masalan, ishlab chiqarishga yangi texnika, texnologiyani joriy qilish natijasida mehnat
unumdorligi o’sib, mehnat omiliga talab kamayadi. Aytaylik, ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish natijasida 300 ishchi ortiqcha bo’lib qolsin. Avtomatlashtirishni qo’llash
natijasida xarajatlar kamayishi natijasida narxni pasaytirish imkoni (tug’iladi) vujudga keladi.
Agarda korxona mahsulotiga talab elastik bo’lsa, narxni pasayishi talabni oshiradi. U holda
korxonadagi ortiqcha bo’lib qolgan 300 ishchi avvalgiga qaraganda mahsulot hajmini
ko’paytirish uchun ishga jalb qilinadi. Agarda mahsulotga talab noelastik bo’lsa, ishchilar ishdan
bo’shatiladi va ishsiz qoladi. Demak, ularni ish bilan ta’minlash chorasini ko’rish kerak.
Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab noelastik. Agarda qishloq xo’jalik
mahsulotlari haddan tashqari hosil yuqori bo’lishi natijasida ko’p etishtirilsa, taklif ko’payib
ketib, narx tushib ketadi. Dehqonlarning daromadlari ham pasayib ketadi. Demak, qishloq
xo’jaligida u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni cheklash kerak.
Turli transport vositalari avtobus, poezd, samolyot kabilarga bilet narxi o’zgarishi
talabning elastiklik darajasiga ko’ra daromadni ko’paytirishi yoki uni yo’qotishga olib keladi.
Aytaylik, samolyotga biletning qimmatligi sababli passajirlar kam. Agar talab elastik bo’lsa,
bilet narxini tushishi evaziga biletlar to’la sotilishi natijasida daromad ko’payadi.
Hukumat noelastik tovarlarga aktsiz soliqlarini oshirib daromadlarini ko’paytirishi
mumkin. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlariga talab noelastik bo’lib, aksiz
soliqlarini oshirish narxni o’sishiga qaramay talabni deyarli kamaytirmaydi.
Agarda talab elastik bo’lsa, aksincha aktsiz soliqlarini o’sishi narxni ortishiga va talabni
kamayishiga olib keladi. Natijada taklif qisqaradi. Taklifga muvofiq ravishda davlat byudjetiga
tushadigan daromad ham.
Ayrim tovarlarga talab ma’lum vaqt mobaynida noelastik, ma’lum vaqt mobaynida elastik
bo’lishi mumkin. Sababi shu tovarlarga o’rinbosar tovarlar ishlab chiqarilishi mumkin.
Talab elastikligi darajasiga talabni o’zgarishiga u yoki bu tovarning qanday naf keltirishi,
uning me’yoriy nafliligi katta ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |