19
va`s(aharlar`mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rahbarlari
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasi
mablag‘larini
boshqaruvchilar
hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari kelib
tushishi va ulardan maqsadli foydalanish uchun jamoat nazorati funktsiyasi
“Nuroniy” jamg‘armasi huzuridagi “Nazorat kengashi” jamoat komissiyasiga
yuklatildi.
Keyinchalik, ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish
hamda
pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalarni to‘lashga yo‘naltiriladigan
mablag‘larning maqsadli va aniq sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish,
shuningdek byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini samarali boshqarishni
tashkil etish
maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 noyabrdagi
“Byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasini
boshqarishni
yanada
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori
bilan 2005 yil 1 yanvardan boshlab
O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga
aylantirildi.
Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalari
etib belgilandi:
-
fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy ta’minot va
ijtimoiy sug‘urtaga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish;
-
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni
byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasining yagona yig‘ma hisobraqamida jamlash;
-
2005 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalarni
to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish;
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘larning to‘liq tushishi
va o‘z vaqtida sarflanishi ustidan nazoratni ta’minlash.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari
O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma byudjeti tarkibiga kiritildi. Davlat soliq
qo‘mitasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, badallar
va to‘lovlarni yig‘ish va ularning to‘liq tushishini nazorat qilish funktsiyalarini
20
amalga
oshiradigan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalarning o‘z vaqtida tayinlanishi va
to‘lanishi, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning
davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarning belgilangan tartibda moliyalashtirilishi ustidan
nazoratini ta’minlaydigan bo‘ldi.
Pensiya jamg‘armasining barcha darajalardagi hisobraqamlaridagi 2004 yil
31 dekabr holatiga ko‘ra qoldiq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobraqamiga
o‘tkazildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilgan ma’muriy
va iqtisodiy
islohotlar doirasida Pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini
yanada mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy
tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasidan o‘z vaqtida moliyalashtirish hamda ularni to‘liq
hajmda to‘lash, shuningdek respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga
yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni
kuchaytirish maqsadida
2009 yil 30 dekabrda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4161-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
qabul qilindi. Ushbu farmon
bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi
va uning viloyatlar, shaharlar va tumanlarda bo‘linmalari
tashkil etildi. Natijada 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek
ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash, moliyalashtirish,
ularning to‘lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish Pensiya
jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan
amalga oshiriladigan
bo‘ldi
13
.
Do'stlaringiz bilan baham: