25
shakllantirish masalalari muhim ahamiyatga egadir. Tadbirkorlik sub’ektlari uchun
yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida yurtboshimizning yuqoridagi qayd etilgan
farmoniga ko‘ra soliq to‘lovchilar tomonidan Davlat, soliq, statistika va boshqa
organlariga taqdim etiladigan va ko‘p marotaba takrorlanadigan turli hildagi hisobotlar
2013 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadi. Ushbu hisobotlarning bekor qilinishi nafaqat
tadbirkorlik sub’ektlarini hisobot tuzishga ketadigan vaqtlarni tejashga, balki ularning
Moliyviy mablag‘larini tejashga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq joriy yilning 3 choragidan boshlab, kichik
biznes sub’ektlari toifasiga kirmaydigan korxonalar «Asosiy vositalar harakati
to‘g‘risidagi hisobot» va «Debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma»ni,
kichik biznes sub’ektlar esa «Debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma»ni
topshirish majburiyatidan ozod etildi. Ushbu hisobotlardan olinadigan axborotlar boshqa
statistik va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari bilan to‘ldiriladi. Hisobot tuzilishni
soddalashtirishga qaratilgan ushbu farmonning yana bir ijobiy tomoni axborotdan
foydalanuvchilar oldin ber necha hisobotlardan olgan ma’lumotlarini endilikda bitta
hisobotdan olish imkoniyatiga ega bo‘lish hisoblanadi.
Bundan tashqari 2013 yil 1 yanvardan boshlab, 11 ta statistik hisobot shakllari bekor
qilinib, 12 turdagi soliq hisobot shakllari va
ularni taqdim etish davriyligi qisqaradi.
Natijada soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq hisobotlari yirik korxonalarda umumiy
tartibda 2,3 barobariga,
kichik biznes sub’ektlar uchun esa
1,7 barobariga qisqaradi.
Buning natijasida
soliq to‘lovchi va soliq organlar sarflaydigan xodimlarining hisobotlarni
tuzish hamda uni qayta ishlashga ketadigan vaqti keskin kamayishiga, elektron
hisobotlarni qabul qilish samardorligini oshirishga erishiladi.
Yuridik shaxs - soliq to‘lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har
bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‘lovchiga soliq davri
boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar
bo‘lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud
tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish
dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch
ish kuni ichida taqdim etiladi. Yuqoridagi qoidalar o‘zgartirish, shuningdek boshqa
yuridik shaxsni qo‘shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan
tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: