Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
9.1. Buxgalter kasbi 
Umumqabul qilingan jahon amaliyotida buxgalteriya xodimlari ikki toifaga 
bo‘linadi – buxgalter (accountant) va hisobchi (bookkeeper). Mamlakatimizda, MDH 
mamlakatlarining ko‘pchiligida bo‘lganidek, ushbu tushunchalar yahlit holga 
keltirilgan. Odatda buxgalteriya hisobi mutaxassislarining hammasini, malakasi va 
bajarayotgan ishi xususiyatidan qat’i nazar, buxgalter deb atashadi. 
Holbuki rivojlangan mamlakatlarda buxgalter va hisobchining malakasiga 
qo‘yiladigan talablar va ularning mehnatiga haq to‘lash ancha farqlanadi. Amerika 
Qo‘shma Shtatlarida hisobchining (buxgalteriyadagi klerk) o‘rtacha ish haqi soatiga 
16,91 dollar yoki yiliga 35 171 dollarni tashkil etadi. Bunday ishni bajarish uchun 
oliy ma’lumot talab qilinmaydi, o‘rta maxsus ma’lumot etarli. Ular joriy buxgalteriya 
yozuvlari, kassani yuritishlari va birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishlari shart. Ular 
uchun ikkiyoqlama yozuv va chetlar asosida buxgalteriya provodkalarini bilish 
majburiy. Hisobchilar buxgalteriya dasturlarini bilishlari va Bosh kitobni yurita 
olishlari ham kerak. Mohiyatan olganda, ular buxgalter topshirgan ishni bajaradilar, 
biroq bunda moliyaviy va boshqaruv (ichki) hisobot shakllantiriladigan ichki 
hisobotlar va jadvallarni tuzish uchun etarli darajada buxgalteriya bilimlari zaxirasiga 
ega bo‘lishlari shart. AQSh Mehnat statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko‘ra 
2019 yilda Amerikada qariyb 1,8 mln nafar hisobchi ishlagan. 2022 yilgacha bunday 
mutaxassislar uchun ish joylarining 11 foiz o‘sishi kutilyapti. 
Buxgalterlarga nisbatan talablar, ularning mehnatiga to‘lanadigan haq kabi, 
ancha yuqori. O‘rta hisobda ish haqi soatiga 30,55 dollar yoki yiliga 63 550 dollarni 
tashkil qiladi. Buxgalter kam deganda bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. Uning 
vazifalariga buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va ichki nazorat tizimini tashkil etish, 
buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish, soliq hisob-kitoblarini tayyorlash kiradi. 
Bundan tashqari, buxgalter byudjetlarni tuzish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarni 
yaxshilash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha menejment uchun tavsiyalar 
ishlab chiqish uchun javobgar bo‘ladi. 
Bunday mutaxassislarni Amerikada qasamyod qilgan buxgalterlar (auditorlarga 
aynan o‘xshash malakaga ega bo‘lgan), boshqaruv buxgalterlari (rahbariyat uchun 
ichki hisobotlarni tayyorlashga ixtisoslashgan), byudjet tashkilotlarining ichki 


134 
auditorlari va buxgalterlariga bo‘ladilar. Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari 
bo‘yicha AQSh komissiyasiga (SEC) taqdim etiladigan ommaviy kompaniyalar 
(ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari)ning moliyaviy hisobotini tuzishga faqat 
qasamyod qilgan buxgalterlar haqlidir. Ular Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar 
institutining litsenziya yoki sertifikatiga (SRA) ega bo‘lishlari kerak. Litsenziya oliy 
ma’lumot, ish staji bo‘lganda va malaka imtihonlari muavaffaqiyat bilan 
topshirilganda beriladi. Amerikada alohida auditorlik litsenziyasi yo‘q, u erda 
qasamyod qilgan buxgalter litsenziyasi beriladi. U korxonada emas, balki auditorlik 
kompaniyasida ishlashi va auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishi mumkin. Qasamyod 
qilgan buxgalter, boshqalari bilan bir qatorda, Odob-ahloq kodeksi, xususan 
insayderlik axborotidan foydalangan holda investitsiyalash bo‘yicha cheklovlar bilan 
bog‘langan. Tekshiruv o‘tkazadigan auditor bilan balansni imzolaydigan bosh 
buxgalter malakasi o‘rtasida farq yo‘q. Bunday holat bir qator rivojlangan 
mamlakatlarda mavjud. Odatda ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining ommaviy 
hisobotini qasamyod qilgan buxgalter tuzadi. 
Hisob ilmidan bexabar kishigina buxgalter kasbi bittagina kasb deyishi 
mumkin. Mutaxassislar esa ularni bajariladigan ishlarning turiga qarab bosh, moddiy, 
hisob-kitob buxgalterlari, buxgalterlarning yordamchilariga bo‘ladilar. Bunday 
taqsimlashni ish beruvchilarning ehtiyoji taqozo etadi. Bo‘sh ish o‘rinlarining 
ko‘pchiligi «bosh buxgalter» lavozimiga, eng oz talab esa «moddiy buxgalter» 
lavozimiga to‘g‘ri keladi. Yordamchilar va hisob-kitob buxgalterlari uchun ham ko‘p 
ish taklif etiladi. 
Bo‘sh ish o‘rinlariga talabgorni qidirish vaqtiga kelsak, bosh va moddiy 
buxgalterlarni yollash e’lonlari «faol» holatda bo‘ladi. Ushbu lavozimlarga ish 
tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar izlanadi, ularga katta talablar qo‘yiladi. 
Ish beruvchilar yaxshi ta’lim olmagan buxgalteriya hisobi mutaxassisi 
qanchalik xavfli ekanligini yaxshi biladilar. Avvalo noto‘g‘ri hisob soliq qonunchiligi 
talablari buzilishiga, buning oqibatida, birinchi navbatda rahbar javobgar bo‘lishiga 
olib keladi. Ayni shu sababli birinchi o‘rinda buxgalterning tajribasi bor-yo‘qligi 
baholanadi. Albatta, yoshlarni «o‘stiradigan» va talabalik davridan boshlang‘ich 
bilim beradigan tashkilotlar bor. Biroq bundaylar kam uchraydi, ish beruvchilar hatto 
«buxgalter yordamchisi» lavozimiga kechagi talabalar yoki kurs bitiruvchilarini 
olavermaydilar. Ushbu mutaxassis loaqal bir yil ishlashi kerak. Ish tajribasi muhim 
emas deb ko‘rsatadigan tashkilot juda kam. 
Bosh buxgalter lavozimiga da’vogarlardan ish tajribasi ko‘proq talab qilinadi: 
odatda shu kasbdagi staji 5 yildan oshadiganlarni olishni istaydilar. Kamida 3 yillik 
stajning bo‘lishi – ularning yordamchilari uchun mezon. Moddiy yo‘nalish 
mutaxassisiga bir yildan ko‘proq, hisob-kitob buxgalteriga 1–3 yillik professional 
staji bo‘lganda e’tibor qaratishadi. Buxgalter yordamchisi qilib tajribasiz kishini 
olishlari ham mumkin, biroq loaqal 1 yillik amaliyot o‘tagan bo‘lishini ma’qul 
ko‘rishadi. 
Tajriba – ish beruvchi buxgalterlarni tanlashi uchun hisobga olinadigan birdan-
bir mezon emas. Ma’lumoti ham muhim. Ilgari unga alohida talablar qo‘yishmagan, 
hozir esa diplomli mutaxassislarni kutadilar. Ko‘pincha ish beruvchilarni oliy 
ma’lumotli da’vogarlar qiziqtiradi (bo‘sh ish o‘rinlarining 45,1%i). Bir ish beruvchi 


135 
bo‘lg‘usi xodimda magistrlik darajasi bo‘lishi kerakligini qayd etgan. «Ahamiyati 
yo‘q» deganlar 29,6%ni tashkil etadi, bo‘sh ish o‘rinlari taklif etuvchilarning 
22,5%iga o‘rta maxsus ma’lumot bo‘lishi zarur. 
Diplomi borligi uchungina buxgalterni yuqori darajadagi mutaxassis deb 
bo‘lmaydi. Ularning hammasi ham iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtidan 
kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘p hollarda bunday ta’lim muassasasini tugatmagan 
buxgalterlar ham tekshiruv yakunlari bo‘yicha a’lo natijalar ko‘rsatadilar. 
Mutaxassislarning ko‘pchiligi – amaliyotchilar, ko‘pincha xodimni tanlash chog‘ida, 
tajribasidan tashqari, u haqda avvalgi ish joylaridan olingan ma’lumotlarga ham 
e’tibor qaratadilar. 
Malakasini doimo oshirib boradigan, malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan 
talabgorlarning imkoniyati ancha katta. Bugungi kunda ushbu sohada CAP/CIPA 
dasturi bo‘yicha buxgalterlar va auditorlarning sertifikatlanishi ancha ommalashgan. 
Ixtiyoriy asosda mutaxassislarni milliy sertifikatlashtirish dasturini barpo etish 
masalasi 
muhokama 
qilinyapti. 
O‘zbekistonda 
olish 
mumkin 
bo‘lgan 
sertifikatlashtirishning boshqa turlari ham mavjud. Kurs va seminarlarda ham malaka 
oshirish mumkin, ularda tarmoq va xususan buxgalteriya hisobini rivojlantirishning 
dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Shu sababli nafaqat mutaxassisning 
boshlang‘ich ma’lumoti, balki kasbda rivojlanish xohishini ham baholash muhimdir. 
Tarmoqda chop etilgan e’lonlarda ko‘pincha talabgorlarning yoshi ko‘rsatiladi. 
Ish beruvchilar uchun 20–50 yashar talabgorlar eng jozibali sanaladi. Hatto buxgalter 
yordamchisi lavozimiga 22 yoshli mutaxassislar uchun bo‘sh ish o‘rinlari kam 
uchraydi. Ehtimol, bunda gender masalasi rol o‘ynar, zero ushbu lavozimda ko‘proq 
ayollar ishlaydi, ular yoshroq bo‘lgan davrda ish o‘rniga oila to‘g‘risida ko‘proq 
o‘ylaydilar. Davlat organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ham talab qilinayotgan 
mutaxassislarning yoshi ko‘rsatilmaydi. 
Nomaqbul mutaxassisni ishga qabul qilishdan imkoni boricha xalos bo‘lishni 
xohlaydigan ish beruvchilar talabgor qanday ko‘nikma va xislatlarga ega bo‘lishi 
kerakligini ko‘rsatib o‘tadilar. Nomzodning shaxsiy xislatlariga qo‘yiladigan eng 
ko‘p uchrovchi talablardan biri – zo‘riqishlarga bardoshli bo‘lish. Bu talabni tushunsa 
bo‘ladi – ish murakkab, aniqlikni talab etadi. Mutaxassisni batartib, kirishimli, amaliy 
muloqot ko‘nikmalarini egallagan shaxs sifatida ko‘rishni xohlaydigan ish 
beruvchilar bor. Ehtimol, buxgalter bunday korxonada mijozlar bilan ham shunday 
muloqotda bo‘lar. Boshqalarga zararli odatlarga ega bo‘lganlar kerak emas – ularda 
chekuvchilarga o‘rin yo‘q! Yana bir talab – sarosimaga tushib qolmaslik talabidir. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish