Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Buxgalteriya balansi turlari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Buxgalteriya balansi turlari 


50 
taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi 
bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz 
qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. 
Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga 
bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini 
boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi 
ham deb yuritiladi. 
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi. 
Axborot hajmi bo‘iicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo‘linadi. 
Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi. 
Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar 
(vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik 
mablag‘larini aks ettiradi. 
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma 
korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi, 
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi. 
Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni 
korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, bo‘limlar, korxonaning avtotransport va 
turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi. 
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi. 
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. 
“Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib 
olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi. 
Brutto (brutto) – italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi “qo‘pol”, 
“tozalanmagan” degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil 
ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish va 
shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto-balans — bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr-passiv 
schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni 
tozalangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “sof”, “toza” degan 
ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro 
standartlariga muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo‘llaniladi. 
Masalan, “asosiy vositalarning eskirishi”, “nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”, 
“savdo ustamasi” va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib 
tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda esa kontr-passiv schyotlar 
qoldig‘i, masalan, “sotib olingan xususiy aktsiyalar” moddasining qoldig‘i u bilan 
bog‘liq tegishli modda, ya’ni “Ustav kapitali” moddasi qoldig‘idan chegirib 
tashlanadi. 
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari 
quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:


Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish