Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
 
 
2.6. Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari. 


38 
Konseptual qoidalar tizimi Moliyaviy Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi va 
Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi tomonidan AQSH, Kanada va 
Avstraliyada yaratilgan. Xalqaro moliyaviy hisobotlar standarti (IFRS) qoidalar 
tizimida vazifalari, o‘ziga xosligi va chegarasi yozib qo‘yilgan qaysi moliyaviy hisob 
va qayd qilish ajratiladi. 
Buxgalteriya konseptual qoidalar tizimi mavjud amaliyot tizimlarini 
rivojlangan yangi amaliyotlar bilan tayyorlanishini qabul qilinishini belgilab beradi. 
Konseptual qoidalar tizimi buxgalteriya ishi tomonidan cheklovlarni o‘z ichiga oladi. 
Bu moliyaviy hisobotlar tayyorlashning obyektlari, hisobotning sifat harakteri, 
moliyaviy hisobotning elementlari va boshqarish ishlarini o‘z ichiga oladi. 
Boshqarish ishlari mahsulotlarni tan olish, hisobotda qiymatlarning o‘lchovi, 
moliyaviy hisobotning taqdimoti va korxonaning hisoboti tayyorlanishini qamrab 
oladi. U yana yuqorida har bir qismda eslatib o‘tilgan qoidalar, prinsiplar va 
cheklovlarni ifoda etadi. 
Konseptual qoidalar tizimining 4 ta o‘rganilishi kerak bo‘lgan talablari.
1.
Chegaralash nima moliyaviy hisobotda ichiga olingan bo‘lsa. 
2.
Yangi imkoniyatlarga ro‘baro kelish uchun buxgalteriya sohasini yaratmoq. 
3.
Buxgalteriya amaliyotini oqilona tashkil etish. 
4.
Korxonaga o‘lchovlarni va faoliyat metodlarini tanlashda imkoniyat 
bermoq.
9
Etik ruhiy standart faoliyatlari natijasida kelib chiqadi. Buxgalterlar chegara 
qoidalariga amal qilishlari kerak va etik qoidalar orqali boshqarilib turilishi kerak. 
Etik qoidalarning 6 ta turi mavjud, ular quyidagilardir: 
1.
Konservatizm (eskilikni yoqlash): Daromad ikkilanish bo‘lishi bilan qayd 
qilib qo‘yilishi kerak, lekin xarajatlar sodir bo‘lishi bilanoq qayd qilinishi kerak. Bu 
amaliyot korxonaning tartibini va masuliyatliligini oshiradi. 
2.
Doimiylik: Biznes amaliy va qoidalarga rioya qiluvchi bo‘lishi kerak, 
faoliyat yoki prinsiplar doimiy bo‘lishi kerak. Ular amaliyotini aniq sabablarsiz 
o‘zgartira olmaydilar. Misol uchun, korxonaning joriy buxgalteriya davri 1-
yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lsa, keyingi yilning buxgalteriya davri 1-apreldan 31-
martgacha qilib o‘zgartirib bo‘lmaydi.
3.
Obyektivligi: Biror bir qayd, iqtisodiy faoliyat va muomalalar to‘liq 
ma’lumotlar asosida, ish hujjatlari asosida va sodir bo‘lgan muomalaning 
mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlanishi kerak.
4.
Tushunarlilik:Ma’lumotlar 
berilayotgan 
axborot 
foydalanuvchilariga 
tushunarli bo‘lishi kerak va hech qanday ma’lumotlar ulardan berkitilmasligi kerak 
5.
Xolislik va haqqoniylik: Buxgalterlar o‘zlarining hisobotlariga xolis ish 
jihatidan yondashishi kerak (yo ijobiy yo salbiy). Ularda anglashilmovchilik 
bo‘lmasligi kerak ya’ni korxonada ularning qarorlari va harakatlari buxgalterning 
vazifasidan kelib chiqqan holda bo‘lishligi kerak. 
6.
Ishonchlilik: Korxonadan yig‘ilgan barcha axborotlar buxgalter tomonidan 
ishonchli saqlanishi kerak. Axborotlar faqatgina hukumat qonunlari doirasidagina ish 
9
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014, 7-bet. 


39 
maqsadlarida yoki mas’ul idoralarga oshkor etilishi mumkin. 
Eslatma:
10
Yuqorida ko‘rib chiqilgan 3 ta qoida (chegara qoidalar, o‘lchov 
qoidalar va etik qoidalar) gipoteza sifatida tasniflashi mumkin (korxonalarni ajratish, 
buxgalteriya davri, rivojlanish davomiyligi va pul o‘lchovi), prinsiplari (eski narx, 
realizatsiya, muvofiqlik va ikkiyoqlama yozuv) yoki ta’limotlar (konservatizm, 
doimiylik, obyektivligi, tushunarlilik, xolislik va ishonchlilik). 
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos” nomli 
BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir: 
– hisoblash; 
– ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish; 
– uzluksizlik; 
– xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash; 
– ishonchlilik; 
– ehtiyotkorlik; 
– mazmunning shakldan uzunligi; 
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; 
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik; 
– hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi; 
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; 
– tushunarlilik; 
– ahamiyatlilik; 
– jiddiylik; 
– haqqoniy va xolis taqdim; 
– tugallanganlik; 
– izchillik; 
– o‘z vaqtida taqdim etish; 
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan 
moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati 
haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi 
Hisoblash – daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va 
kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki 
to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. 
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha 
bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita chetlarida - bittasining debetida 
va boshqasining kreditida aks ettiriladi. 
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni 
belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning 
o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati 
ham yo‘q deb taxmin qilinadi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha 
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish 
maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga 
10
W.Madznah va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014, 7-bet. 


40 
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. 
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob 
hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. 
Ehtiyotkorlik – qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish 
aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa 
etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho 
chiqarish uchun zarurdir. 
Mazmunining shakldan ustunligi – agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy 
hisobotda axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini ishonchli darajada 
aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va 
iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur. 
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi – moliyaviy axborot foydali va mazmunli 
bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan 
qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt 
moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob siyosatidan, ana shu 
siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan 
xabardor bo‘lishlari lozim. 
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot 
ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim. 
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi – hisobot davrida 
bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur 
davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks 
ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita bogliqlikni 
o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta 
hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan 
amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir. 
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi – aktivlar va majburiyatlarning 
haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati 
asosiy bahodir. 
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish 
qiymatidan farq qilishi mumkin. 
Tushunarlilik – hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot 
foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. 
Ahamiyatlilik – moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish 
jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda 
xo‘jalik faoliyatiga baho berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. 
Jiddiylik – agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan 
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga 
ta’sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, 
shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari 
harakati to‘grisida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak. 
Tugallanganlik – moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash 
maqsadida axborot etarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak. 


41 
Izchillik – hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi, 
deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
ahvolidagi o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning 
moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. 
O‘z vaqtida taqdim etish
 – 
hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi 
bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish 
uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar 
hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. 
Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, 
hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki 
ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik 
o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda 
foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish 
masalasini hal etish kerak. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish