Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Reja:  2.1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Reja: 
2.1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi 
2.2. Buxgalteriya hisobining funktsiya va vazifalari 
2.3. Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari 
2.4. Xo‘jalik mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi 
funktsional roli bo‘yicha turkumlanishi. 
2.5. Mablag‘larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi 
bo‘yicha turkumlanishi. 
2.6. Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
buxgalteriya hisobining predmeti, buxgalteriya 
hisobining usullari, o‘lchov birligi, buxgalteriya hisobi metodining elementlari, 
ehtiyotkorlik, mehnat o‘lchov birligi, funktsiya, ishonchlilik, uzluksizlik, moliyaviy 
axborot, moliyaviy natija, natural o‘lchovlar, pul, buxgalteriya hisobining obyetlari, 
buxgalteriya hisobining subyektlari. 
2.1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi 
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini 
kuzatish, boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida 
ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Buxgalteriya hisobining predmeti 
unda hisobga olinadigan obyektlar iqtisodiy mazmuni asosida belgilanadi. 
Har xo‘jalik muomalasi qayd qilinishi lozim. Barcha muomalalar pul qiymatiga 
ega hamda biznes aloqalar xo‘jalik faoliyati kitobida qayd qilinishi shart. Har bir 
korxona, daromadli bo‘ladimi yoki daromadsiz, o‘zlarining xo‘jalik muomalalari 
qaydlariga ishonadi. Shuning uchun qaydlar ilmiy shaklda yozilganligi muhim 
hisoblanadi. Xo‘jalik muomalalarini aniqlash va qayd qilish jarayoni kitob saqlash 
yuritish deb ataladi. Kitob yuritishni samarali bajarish uchun, qaydlar guruhlanadi, 
jamlanadi va daromadlar hisobotida, xususiy capital hisobotida, balansda va pul 
oqimlari hisobotida, moliyaviy natijalarda maxsus ko‘rinishda taqdim etiladi. Bu 
buxgalteriya hisobi deyiladi, kitob esa hisob-kitobi deyiladi. Bu jarayonlarni 
boshqarib turadigan subyekt esa buxgalter deyiladi.
7
Buxgalteriyaning to‘liq ma’nosini ochib berish uchun quyidagi misollarni 
ko‘rib chiqamiz.
Qayd qilish jarayoni muomalalar sodir bo‘lgandan so‘ng aniqlanib amalga 
oshiriladi. Muomalalar aniq ketma-ketlik va tizimli tarzda qayd qilinadi. Qaydlar vaqt 
o‘tgani sayin xronologik tarzda amalga oshirilishi kerak. Qayd qilish faoliyati o‘z 
ichiga qayd qilish, tasniflash va jamlashni oladi.
Qayd qilingan va aniqlangan ma’lumotlarni taqdim qilish faoliyati 
foydalanuvchilarga kimga ma’lumotlar kerak bo‘lsa xabar berish aloqa deb ataladi. 
Bu ma’lumot moliyaviy holat haqida axborot beradi qaysiki buxgalteriya hisobi 
ma’lumoti deb yuritiladi. 
7
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014; 3-bet. 


27 
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni 
ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy 
boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib berish bilan band 
bo‘lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi. 
Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda metodlari 
asosida o‘z oldidagi vazifalarni to‘la–to‘kis echib berish uchun maxsus usullarni o‘z 
ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida 
o‘rganiladi. 
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida 
mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalar kapitallarining mavjudligi va 
harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida 
ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini 
tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish 
haqida zarur ko‘rsatkichlarni beradi. 
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot muassasa, 
uyushmalarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to‘liq yoritib beradi. jamlanib, 
butun iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat 
va boshqaruv olib boriladi. Korxona, tashkilot muassasa, uyushmalar buxgalteriya 
hisobini 2016 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanib olib boradi. 
Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga 
kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali sschyotlar tizimida 
ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari xaqikiyligini 
inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida 
buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi. 
Xorijlik olimlar qarashlariga ko‘ra “buxgalteriya hisoi - xo‘jalik yurituvchi 
subekt faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni o‘lchash, qayta ishlash va yetkazib berish 
hamda foydalanuvchilarga cheklangan reserslar bo‘yicha mavjud muqobil 
yechimlardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini yaratish tizimi”
8
hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni 
tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini 
yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks 
ettirib borishdir.
Yuqoridalardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining 
predmeti

takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli 
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.

Metod (usul, yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: 


– ayrim voqealarni bilish o‘rganish usuli; 
– alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. 
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab 
beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni quyidagi 
jadvalda ko‘rishimiz mumkin: 
8
B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting” 


28 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish