Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibiga kimlar kiradi? 
2. Mehnat haqini hisoblashda dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini 
tushuntiring. 
3. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga nimalar kiradi? 
4. Mehnat va ish haqida majburiy ushlanmalarni hisoblash metodikasini aytib 
bering? 
5. Asosiy va qo‘shimcha ish haqiga qanday ish haqlari kiradi? 
6. Mehnat ta’tili va uni hisoblash tartibini tushuntiring. 
7. Kasallik varaqasi bo‘yicha mehnat haqini hisoblash tartibini izohlang. 


224 
13-mavzu. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI 
Reja: 
13.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish 
13.2. Tovar-moddiy zaxiralarni turkumlash va baholash 
13.3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari 
13.4. Materiallar kirimi va sarflanishini hisobga olish hamda 
xujjatlashtirish
13.5. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari
13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi. 
13.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi. 
Tayanch so‘z va iboralar:
ishlab chiqarish zahiralari, tovar-modiy zahiralar 
harakatini hujjatlarda, tovar va xizmatlar, sotib olingan materiallarning qaydarilishi, 
kirimi va chiqimini hisobga olish, chet korxonalar va ularning xizmatlari, savdo 
ustamasi
 
 
13.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish 
Tovar-moddiy zaxiralar deb nomlangan milliy standart (4-son BHMS)da 
quyidagi ta'rif keltiriladi: “tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida 
normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida 
mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki 
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni 
amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar”.
Xalqaro standartlarda (2-son BHXS) tovar moddiy zaxiraga quyidagicha 
yondoshiladi:
Tovar-moddiy zaxiralar bu quyidagi aktivlardir: 
odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan ; 
bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi 
ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar”Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar 
qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini belgilab 
beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning ko‘pchiligi odatda ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo 
mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning 
natijasida, ular tovar-moddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar 
sarflashlariga duch kelishadi.
Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq 
bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha baholanishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi 
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va 
ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan 
boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim. 
Sotib olish xarajatlari 


225 
Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari va 
boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik sub'ektiga keyinchalik 
qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, 
materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq boshqa jami xarajatlar 
kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan 
chegirilib tashlanishi lozim. 
2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan:
40
Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir: 
- odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan; 
- bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan; 
- ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi 
ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish