Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


maqbul  keladigan ish deb hisoblanadi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

maqbul 
keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun 
ularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini 
va avvalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash 
jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish 
maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs 
sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. 
Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkakka 
ishsizlik nafaqasi u haq to‘lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda 
tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida 
ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga 
kiradi. 
Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan: 
- ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir 
yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat 
qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta; 


192 
- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n uch 
kalendar hafta mobaynida to‘lanadi. 
Mehnat shartnomasi
xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan 
mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan 
holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa 
normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi 
kelishuvdir. 
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar. 
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar 
(tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin. 
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek 
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi: 

ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi); 

xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan 
lavozim; 

ishning boshlanish kuni; 

mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish 
muddati; 

mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari. 
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi 
va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi. 
Mehnat shartnomalari: 

nomuayyan muddatga;

besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;

muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. 
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz 
muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta 
tuzilishi mumkin emas. 
Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Yoshlarni mehnatga 
tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv 
yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol 
topishiga ziyonyetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni 
o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin 
ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma 
roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Quyidagilar ishga qabul qilishni 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish